O‘zbekiston | 09:55 / 25.06.2021
7265
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun 19 million dollar oladi 

Yashil iqlim fondining ushbu yordami Jahon banki orqali taqdim etiladi.

Jahon banki Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta'sirini yumshatish dasturini amalga oshirish uchun 19 million dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini e'lon qiladi.

Yashil iqlim fondining ushbu yordami jamg‘arma sherigi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Jahon banki orqali amalga oshiriladi.

Dastur Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi, Tojikiston hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

«Qo‘shimcha mablag‘ O‘zbekiston va Tojikistondagi qishloq aholisi orasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta'sirini yumshatish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi», deyiladi Jahon banki bayonotida. 

Avvalroq, Jahon banki O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturini amalga oshirish uchun 14 million dollar, Tojikistonda esa - 9 million dollar ajratgan edi. 

Markaziy Osiyoga Yashil iqlim fondidan birinchi marta moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturi 2016 yildan beri amalga oshirilmoqda. 15 mingdan ortiq kishi uning benefitsiarlari bo‘ldi, 4,3 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Mavzuga oid