Siyosiy partiyalar vakillari iştirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-şousining 10 dekabr kungi sonida Xususiy mulk daxlsizligi, tizimda qonun va huquqiy-mexanizmlar qay darajada işlayotgani masalalari muhokama qilindi.
Debatda qatnaşgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib çiqqan holda, mulkni olib qöyiş vakolati xalq deputatlari Kengaşlariga berilişi yuzasidan savol berdi.
«Albatta, davlat rahbari tomonidan bu masala örtaga taşlandi. Ammo huquqşunos sifatida bu fikrga qöşilmayman. Sababi, bugungi kunda xalq deputatlari tuman, viloyat kengaşlari bu vakolatni bajarişga tayyor emas.
Bugungi kunga qadar hokimlarning qişloq xöjaligiga oid 5 mingdan ortiq qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan. Lekin bu borada hokimlarga javobgarlik belgilaş mexanizmi hali mavjud emas.
Hozir biz bu vakolatni kengaşlarga berib qöyadigan bölsak, ularda birinçidan huquqşunoslar mavjud emas, şuningdek, deputatlar ham hamma sessiyalarga kelyapti deb aytolmaymiz», dedi ÖzLiDeP partiyasi vakili Nuriddin Murodov mahalliy kengaşlar bu vakolatni bajarişga qançalik tayyorligi haqidagi savolga javoban.

Partiya vakili öz fikrini dalillaş uçun prezident administratsiyasi bu taklifni çuqur qayta körib çiqişi maqsadga muvofiqligini aytib ötdi:
Prezident administratsiyasi bu taklifni çuqur qayta körib çiqiş maqsadlarimizga muvofiq böladi. Çunki:
- Kengaş raislari hokimlardir;
- Kengaşlar qarorlari ustidan sudga murojaat qilişning aniq mexanizmi mavjud emas;
- Joylarda sudlar Kengaşlarga hisobot berişi yölga qöyilgan. Şu asosda ham sudlar Kengaşlarning notöğri qarorlarini ham bekor qilmasligi mumkin;
- Bu taşabbus şartnomaviy munosabatlar talablariga va şunga doir qonunlar normalariga ham muvofiq emas;
- Bunday qaror mulkdor norozi bölsa faqat odil sudlov tomonidan hal etilişi kerak;
- Amalda hokimning bu kabi noqonuniy qarorini haqiqiy emas deb topiş (şu yilni özida minglab şunday qarorlar sudlarda haqiqiy emas deb topildi) oson bölmayapti;
- Vakillik organining bunday qarorlarini haqiqiy emas deb topiş undanda qiyinlaşadi;
- Hokimliklardaku yaxşimi yomonmi huquqşunoslar bor. Lekin mahalliy kengaşlarda ular yuq.

















