Tanqiddan so‘ng: Toshkentdagi ko‘zi ojizlar mahallasida ta'mirlash ishlari davom ettirila boshlandi
Ko‘plab ko‘zi ojiz fuqarolar yashayotgan Toshkent shahri Mirobod tumani «Bayot» mahallasida qurilish ishlari davom ettirilishi boshlandi. Bu haqda mahalla fuqarolari Kun.uz'ga ma'lumot berdi.

10 may kuni Kun.uz saytida «Toshkentda ko‘zi ojizlar mahallasini obodonlashtirish ishlari chala tashlab ketildi. Ularning xavfsizligiga kim javob beradi?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Unda Mirobod tumani «Bayot» mahallasida ta'mirlash ishlari boshlanib, oxiriga yetkazilmay, o‘lda-jo‘lda tashlab qo‘yilgani, bu esa ko‘zi ojiz fuqarolarga xavf tug‘dirayotgani haqida so‘z boradi.
Mahalladagi holat bilan qiziqib, fuqarolar bilan qayta bog‘landik. Ularning aytishicha, tanqiddan so‘ng mahallada to‘xtab qolgan ishlar davom ettirila boshlangan. Hozirda ta'mirlash va chala qolib ketgan ishlarni yakunlashga harakat qilinmoqda.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarovning Kun.uz'ga tasdiqlashicha, hozirda shahar hokimligi va vazirlik birgalikda ishlarni yakunlashga kirishgan. Mahalliy budjetdan 2 mlrd so‘m pul ajratilgan.
«Bayot» mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, 100 nafardan ortiq hasharchi jalb qilindi. Ko‘p qavatli 5 ta uyning 5 ming metr kvadratdan ortiq fasad qismi ta'mirlanmokda. 600 metr kvadratdan ortiq uy oldi yo‘laklar va avtoturargohlarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Eski bolalar maydonchasi o‘rnida yangi bolalar maydonchasi, Workout va suhbatlashish joylari o‘rnatilmoqda. Beton bordyurlar o‘rnatilmoqda. Ishlar 1 iyulgacha yakunlanadi», – dedi Jamoliddin Qalandarov.
Ma'lumot uchun, tanqidiy maqola Kun.uz'da e'lon qilingach, holat Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
O‘zbekiston | 10:42
-
Toshkentda yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchunchi yirik yong‘in
Jamiyat | 10:24
-
Belarusda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zenkovich ozod etildi
Jahon | 10:14
-
O‘zbekiston noqonuniy migrantlarni yurtiga qaytarish bo‘yicha boshqalarga namuna – Tramp ma’muriyati
O‘zbekiston | 10:12
Mavzuga oid

13:59 / 30.04.2025
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi

21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

09:10 / 23.03.2025