«Şovvozsoy» atrofidagi şov-şuv va boşqa mavzular: Komil Allamjonov bilan suhbat
|14:13 / 20.03.202154 39310 min
Ötgan oyda ijtimoiy tarmoqlarda «Şovvozsoy» dam oliş maskani Özbekiston rahbariyati uçun qurilgani haqida taxminlar paydo bölgan edi. Köp ötmay «Özbekiston temir yöllari» bu masala böyiça izoh berib, xabar asossiz va noxolis ekanini ma'lum qildi.
18 mart kuni şu haqdagi savolga javob bergan prezident Şavkat Mirziyoyev bu maskan davlatga tegişli ekani, martabali yo Özbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, özi ham mehmon bilan borişini aytib ötdi.
Şu va boşqa mavzularda biz bilan suhbatlaşgan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov prezidentga uning şaxsiyatiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan masalalar yuzasidan savol berilişi va uning oçiq muloqot qilişi Özbekistonda söz erkinligi yana bir poğonaga kötarilişiga xizmat qilişini ta'kidladi.
Suhbat davomida Komil Allamjonovdan uşbu masala yuzasidan Özbekiston fuqarosi va prezidentning sobiq matbuot kotibi sifatidagi mulohazalari haqida söradik.
«Prezidentimizning javoblaridan keyin bu masalaga örin qolmadi, deb hisoblayman. Biz har doim har qanday kötarilgan masalaga zudlik bilan va töğri javob beriş tarafdori bölib kelganmiz. Samimiylik va oçiqlik foyda bersa beradiki, lekin zarar keltirmaydi.
Har doim bir fikr tarqaldimi, ikkinçi tarafning ham fikri bilan qiziqiş kerak. Endi bu masalada u tomonning ham, bu tomonning ham ma'lumotlarini eşitib, xalqning özi xulosa çiqarib oladi, deb öylayman. Eng asosiysi, prezidentimizning özlari bilan boğliq şaxsiy masalaga ham oçiq yuz bilan javob berişlarini men yaxşi signal deb hisoblayman», – dedi Komil Allamjonov.
– Avvalroq «Özbekiston temir yöllari» ham şu masalada izoh bergan edi. Sizningça, taşkilotning javobida prezident Şavkat Mirziyoyev bergan izohlarga töğri kelmaydigan noaniqliklar kuzatilmadimi?
– Bu holatlarni men ham Özbekiston fuqarosi sifatida kuzatib bordim. Albatta, buni «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmatining pala-partiş va öylamay qilgan işi deb hisoblayman. Ularning yolğon ma'lumotlar berişi, öşa videolarni tarqatişi qanday oqibatlarga olib kelişini bugun matbuotda kördik.
Mavzuga oid
Matbuotda bir oltin qoida bor: «Har qanday berilayotgan ma'lumot yoki izoh yolğondan iborat bölişi kerak emas». Musulmonçasiga aytganda, yolğon aralaşgan joydan baraka qoçadi. Şuning uçun ham biz doim matbuot xizmatlari xodimlarining malakasini oşiriş juda ham muhimligini aytib kelamiz. Öylamasdan tarqatilgan bu ma'lumot ham qanday miş-mişlar va yolğon ma'lumotlar köpayib ketişiga sabab böldi.
Komil Allamjonov
– Sönggi vaqtlarda prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazadigan majlislar va taşriflarni yoritişga xususiy OAV ham jalb qilinyapti. Ba'zida jurnalistlar bilan savol-javoblar ham kuzatilyapti. Bu borada fikrlaringiz qanday?
– Men prezidentimizning oldida va jamoasida ozmi-köpmi yelkama-yelka işlagan odam sifatida aytamanki, bu oçiqlik siyosati va xalq oldida hisobdorlik – u kişining samimiy xohişlari.
Matbuot kotibi bölib iş boşlagan paytlarimda töğridan töğri efirlar yoki bahsli masalalarga zudlik bilan berilişi kerak bölgan javoblar aslida qaysidir jamoa işining natijasi emasdi, balki prezidentning öz xohişlari bölgan. Ularda har doim internet xabarlarini öqib turiş imkoniyati bor. Har kungi holat böyiça dayjestlar va ma'lumotlar berib turiladi.
Matbuot va oçiqlik bu faqatgina işni körsatiş emas, balki fuqarolarning qilinayotgan işlarga reaksiyasini bilib turiş mexanizmi hamdir. Odamlarning dardi va xohişlarini bilib turib, iş rejalarini taşkil qiliş faqatgina taraqqiyotga olib keladi.
– Bir qança vaqt avval prezident matbuot xizmati «Maxsus rakurs» loyihasini yölga qöydi. Avval quruq axborot yetkazilgan bölsa, endi prezident taşriflariga boşqaça yondaşuv kuzatilmoqda, kadr ortidagi qiziq holatlar ham namoyiş qilinmoqda. Sizningça, nima uçun bu kabi loyihalar oldinroq boşlanmagan?
– Bularning hammasi kadrlarga boğliq masala. Prezident ham köp bora ta'kidlaganidek, kadrlar yetişmovçiligi – asosiy muammolardan. Yillar davomida ta'lim sohasi qanday bölib kelganini hammamiz yaxşi bilamiz. Jurnalistika sohasini bitirganlar ham öşa paytda senzuraning kuçliligi va yopiqlik hisobiga boşqa sohalarga ketib qolişgan. Şuning uçun bularning iziga tuşişi uçun ma'lum muddat kerak böladi.
– Agar oçiqlik siyosati şunday davom etadigan bölsa, yaqin kelajakda prezident Şavkat Mirziyoyev mahalliy yoki xorijiy OAVga intervyu berişi mumkinmi?
– Menimça, şunday böladi. Avval şunaqa jarayon ediki, oldin iş qilamiz, keyin körsatamiz, şunda gapiradigan gapimiz böladi, deyilardi. Lekin bu holat ham [prezidentning intervyu berişi] keladi. Hamma gapirişga qörqib turgan holat yuzasidan prezidentga savol berilişi ham bu oçiqlikning nişonasi.
Ayrimlar aytişi mumkin, bunga ham şunday katta voqeaday qarab intervyular berişini qara, deyişi mumkin. Dunyo uçun mayda hisoblangan narsa bizda yöq bölgani va paydo bölişi har doim arzirli va şov-şuvli holat deb qabul qilinadi.
«Şovvozsoy» masalasiga keladigan bölsak, bitta narsani bilişimiz kerak, prezident bu joyni davlatga tegişli ekanini aytdi. Aslida, davlat rahbarlari uçun bunday rezidensiyalar bölişi bu normal holat. Çunki prezidentlarning oliy martabali mehmonlar kelganda ularni qabul qiladigan va mehmon qiladigan joylari bölişi kerak. Bu mehmondorçilik va yaqin munosabatlar pirovardida xalq farovonligiga olib keladi. Bizning manfaatlarimiz uçun, qandaydir masalalarni hal qiliş uçun rahbarlar rasmiy va norasmiy formatlarda uçraşuvlar ötkazadi.
Odatda prezidentlarning öz saroylari böladi. Bizda esa davlat rahbari Senat binosida ötiradilar. Agar bu şunçalik muhim bölganda, şunça taşviş turganda şunaqa bino yurakka siğganda, birinçi bölib özlariga katta bir rasmiy saroy qurib olsalar ham bölardi.
Ijtimoiy tarmoqlarda avval bunday saroylar bölmagan-ku, degan gaplar ham böldi. Men bularga qöşilmayman. Masalan, Islom Karimov davrida Qaynarsoy dam oliş maskani yoki har bir viloyatda [prezident uçun] alohida rezidensiya bölardi.
– Yuqoridagi savolimning davomi sifatida, agar prezident intervyu berişi ma'lum bölsa, siz suhbatda Özbekistondagi qaysi naşr jurnalistini köryapsiz?
– Agarda men hozir matbuot kotibi bölganimda prezident bilan intervyu samarali bölişi uçun eng qamrovi katta, saviyali va sifatli OAVni tanlagan bölardim. Bizdagi ma'lumotlar va örganişlarga qaraganda, bu öringa Kun.uz'dan boşqa saytni körmayman. Lekin boşqa OAVlar ham prezidentdan intervyu olişga loyiq deb hisoblayman. Şuning uçun, menimça, hozirça eng yaxşi format bu – barça eng faol naşrlarning muxbirlari bilan davra suhbati qilinsa, juda ham maqsadga muvofiq bölardi.
– Xalqqa prezidentning nafaqat rasmiy çiqişlari, balki oddiy inson sifatida qanday dam olişi va qiziqişlari ham qiziq. Prezidentning sobiq matbuot kotibi sifatida bu haqda ham aytib bera olasizmi?
– Prezident bilan işlagan vaqtlarimda va hozir ham şunday öylaymanki, u kişida dam oliş degan tuşunçaning özi yöq. Bu samimiy gap, buni kimnidir yaxşi körsatiş uçun aytmayapman. Viloyatlarga borganimizdagi temp va harakatdan men yoş bölib turib ham çarçab qolardim. Ovqat yeyişga ham, suv içişga ham vaqtimiz bölmas edi.
«Prezidentning bir kuni» degan video qilgan edik, haqiqatdan şunday tiğiz böladi kun tartibi. Oxiri soğligim ham kötara olmay qoldi. Matbuot xizmatidan ketişimga ham sabablardan biri şu böldi. Tinimsizlik, halovatning özi yöq. Biz: «Balki ozgina dam olarsiz, bu rejalarni keyinga qoldirarmiz», desak, «yöq» deyilardi. Xorijga taşriflardan keliboq ertasi kuni viloyatlarga çiqib ketardik.
Prezident kelişlariga tayyorgarlik köriş yuzasidan ham juda köp gaplar gapiriladi. Birinçi işga kelganimda, prezident bilan kortejda notekis va juda çang yöllarda yurdik. Jahlim çiqib, davlat rahbari kelişiga sal tayyorgarlik körib, yöllarni töğrilab qöyişmaydimi dedim. Keyinçalik menga prezident közböyamaçilikka yöl qöymaslik kerak, men özim bilaman bu yöllarni deganini aytişdi.
Lekin özbekçilik degan narsa bor, mehmon yaxşi kutib olgisi kelib, baribir hokimlarimiz nimalardir qilişadi, oşirib ham yuborişadi. Lekin aslida davlat rahbari tomonidan bunga xohiş yöq.
Intervyuning töliq şakli bilan videoda tanişişingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Muhammadjon Ğaniyev.