08:20 / 18.06.2024
4229

O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqda

O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar qiz bolalarga nisbatan ko‘p tug‘ilayotgani ma’lum qilindi.

Foto: Statistika agentligi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-may oylarida FHDYo organlarida 374,4 ming nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

  • o‘g‘il bolalar — 180,4 ming nafar;
  • qiz bolalar — 167 ming nafarni tashkil etgan.

2024 yilning 5 oyida ham O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan 13,4 ming nafar o‘g‘il bola ko‘p tug‘ilgan.

Top