Xatirçi tumanining Oltinsoy va Çilaş qişloğida noqonuniy oltin qazib oliş bilan şuğullanuvçi “tillaçilar” kon talaşib, özaro janjallaşib qolişdi. Kelişmovçilik ikki guruh bir-birini toşböron qilişgaça borgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqarolar Şohruh Ibragimov va Mirzohid Murodov kon talaşib, muştlaşgan. Bundan xabar topgan profilaktika katta inspektori N.Rahmonov voqea joyiga yetib borgan. Tuşuntiriş işlari olib borilişiga qaramay, ular bir-birini haqoratlab, ikki qişloq fuqarolarining janjali kutilayotganiga işora qilgan. Profilaktika inspektori bu haqda rahbariyatga xabar bergan.
Oltinsoy qişloğida yaşovçi 33 nafar va Çilaş qişloğida yaşovçi 20 nafarga yaqin fuqaro janjal qiliş maqsadida qöllariga toş va tayoqlar olib, töplana boşlagan. Ular içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, bir-birlariga hamda xodimlarning avtomaşinasiga toş otib, N.Raxmonovga tegişli bölgan “Matiz” maşinasini yaroqsiz holga keltirişadi.
Tuman IIB tergov tezkor guruhi va tuman IIB boşliğining birinçi örinbosari, podpolkovnik A.Radjabov boşçiligida 20 nafar xodim voqea joyiga yetib kelişgan hamda janjalni bartaraf qilişga erişişgan.
Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudi tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan 26 nafar fuqaroga 15 sutka, 2 nafar fuqaroga esa 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilangan.
Oldinroq Xatirçi tumanining Oqtepa mahallasida taşlandiq kondan oltin qazib olayotgan 4 nafar yigit çiqindi gazdan böğilib, vafot etgandi.











