Toşkentning Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat boğida mehmonxona quriladi. Bu haqda Toşkent hokimligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.   

Mehmonxona 5 qavatli bölib, uning taşqi körinişi özbek milliy arxitekturasi, intereri esa yapon milliy arxitekturasi uslubida bajariladi. Loyihani Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. kompaniyasi amalga oşiradi.

Loyiha 13 mln dollarga baholangan va xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalaştiriladi. Mehmonxona boğning 7300 kvadrat metr maydonini egallab, unda 140 ta xona böladi.

Hokimlikda ta'kidlanişiça, uşbu mehmonxona Özbekistondagi birinçi yapon mehmonxonasi böladi. Mehmonxona qurilişi 2020 yil yanvarda boşlanişi, ilk mehmonlarni esa 2022 yildan qabul qilişi kutilmoqda. 

Avvalroq boğni rekonstruksiya qiliş uçun xorijiy investorlar taklif qilinayotgani ma'lum qilingandi. Boğ özbek milliy uslubida rekonstruksiya qilinib, adib Abdulla Qodiriyning eng maşhur romanlaridan biri - “Ötkan kunlar”dagi davrni aks ettirişi rejalaştirilmoqda. Maydoni 16,5 gektarni taşkil qiluvçi boğ 14 ta turli loyiha uçun bölinadi.