Yuridik şaxslarning elektron reyestrini yurituvçi Orginfo.uz sayti asosçisiga nisbatan içki işlar organi tomonidan ma’muriy iş oçildi.
Iş oçilişiga Davlat statistika qömitasi kiritgan ariza sabab bölgan.
Saytni dasturçi Boburmirzo Hamroqulov 2021 yil yanvar oyi boşida oçgan. Uning Kun.uz'ga aytişiça, bu platforma Statistika qömitasi rasmiy saytiga joylangan korxona va taşkilotlar töğrisidagi oçiq ma’lumotlar asosida yaratilgan.
“Statistika qömitasi saytida STIR raqami yordamida Özbekistonda röyxatdan ötgan korxona va taşkilotlar haqida ma’lumotlar oliş mumkin. Bularning hammasi – oçiq ma’lumotlar. Men şu ma’lumotlarning (STIR raqamlarini) barçasini köçirib olib, ularni korxona rahbari ism-şarifi, yuridik şaxs nomi, ta’sisçilari böyiça ham qidiriş imkonini beruvçi qulay sayt yaratdim.
Buni qilişdan men heç qanday moddiy manfaat közlamaganman yoki biror yomon maqsadim ham yöq. E’tibor qilsangiz, sayt anonim oçilgan emas, balki .uz domeniga joylaştirilgan. Agar yomon niyatim bölganida, öz şaxsimni yaşiriş uçun uni .org yoki .info kabi xorijiy serverlarga ham joylaşim mumkin edi. Şuningdek, platformada reklama ham yöq.

Men saytni işga tuşirgan vaqtimda IT sohasida magistraturada ta’lim olardim. Bu saytni yaratişimdan maqsad – keyinçalik yirik kompaniyalar, iş beruvçilarga körsatişim uçun portfolioda özim yaratgan turli dasturiy mahsulotlarni jamlab boraman.
Qömita saytida esa korxonalar haqida ma’lumot qidiriş unçalik qulay emas – buning uçun siz öşa korxonaning STIR raqamini bilişingiz kerak”, – deydi Boburmirzo Hamroqulov.
Dasturçining aytişiça, avgust oyida Içki işlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi uni çaqirib, Davlat statistika qömitasi uning ustidan arz qilganini ma’lum qilgan.
Qömita da’vosiga köra, orginfo.uz saytida Davlat statistika qömitasi manba sifatida körsatilib, keltirilgan ma’lumotlar ba’zida rasmiy manbaga muvofiq kelmay qolgan. Çunki Özbekistondagi yuridik şaxslar va korxonalarga doir ma’lumotlar tinimsiz özgarib turadi.


















