Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Senat raisi Niğmatulla Tölqinoviç Yöldoşev Özbekiston Boş prokurori etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2018 yil yanvaridan buyon işlab kelgan Otabek Murodov örnini egalladi.

Senatning yangi raisi parlament yuqori palatasining 21 iyun kuni çaqiriladigan 20-yalpi majlisida prezident taqdimnomasiga muvofiq senatorlar tomonidan saylanişi kutilmoqda.

Niğmatulla Yöldoşev 1962 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Toşkent davlat yuridik institutini (hozirda universitet) tamomlagan.

U 1987 yildan 2011 yilgaça prokuratura tizimida turli lavozimlarda işlagan, xususan, Olmaliq şahri prokuraturasida tergovçi (1987-1991), Yunusobod tumani prokuraturasida tergovçi (1991-1993), Toşkent şahri prokuraturasida katta tergovçi (1993-1994), Özbekiston Boş prokuraturasida boşqarma prokurori (1995-1999), Boş prokuratura Tergov boşqarmasida bölim boşliği (1999-2000),  Boş prokuraturasi tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qiliş boşqarmasi boşliği (2000-2003), Huquqni muxofaza qiliş organlari va nazorat organlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi (2003-2006), Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti boşliği (2006—2008) va Boş prokuror örinbosari (2008-2011) lavozimlarida işlagan.

Niğmatulla Yöldoşev 2011 yilda Özbekiston Adliya vaziri lavozimiga tayinlangan va bu lavozimda 2015 yil yanvariga qadar işlagan.

U 2015 yil yanvarida prezident qarori bilan senator etib tayinlangan, 2015 yilning 22 yanvarida yaşirin ovoz beriş yöli bilan Senat raisi lavozimini egallagandi.

2016 yilning 2 sentyabrida, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin Konstitutsiya böyiça Senat raisi Özbekiston prezidenti vazifasini vaqtinça bajarişga kirişişi kerak edi, ammo 8 sentabr kuni Özbekiston parlamentining qöşma yiğilişida Niğmatulla Yöldoşev davlat boşqaruvida yetarliça tajribaga ega emasligi tufayli bu vakolatini öz ixtiyori bilan öşa vaqtda boş vazir bölgan Şavkat Mirziyoyevga topşirgandi.