III Xalqaro reytinglar forumi doirasida sözga çiqqan Özbekiston boş prokurori Niğmatulla Yöldoşev Özbekistonning sönggi yillardagi sud-huquq tizimiga doir reytinglarda qayd etayotgan örinlariga töxtalib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Ötgan 2021 yil davomida e’lon qilingan jami 19 ta xalqaro reytingda Özbekistonning örni aks etib, 11 ta pozitsiyada yaxşilangan. «Transparency International» taşkilotining 2021 yil uçun «Korrupsiyani qabul qiliş indeksi»da mamlakatimiz öz örnini 6 poğona yaxşilab, 180 ta davlat içida 140-örinni egalladi va sönggi yillarda 17 poğona yuqoriladi. Taşkilot hisobotida Özbekiston sönggi beş yilda eng barqaror ösiş körsatkiçiga erişgan 6 ta davlatdan biri sifatida qayd etilgan.
Birgina 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlaş, qonuniylikni mustahkamlaş maqsadida 8 mingdan ortiq nazorat tadbirlari ötkazilib, aniqlangan qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş va huquq ustuvorligini ta’minlaş çoralari körildi. Xususan, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaş maqsadida sudlarga qariyb 4 mingta da’vo arizalari kiritildi.

Ötgan yilda 2345 ta korrupsiyaviy jinoyat işi qözğatilib, 2804 nafar mansabdor şaxslarga nisbatan jazo çoralari qöllanilgan. Boş prokuratura taşabbusi bilan BMT Taraqqiyot dasturi kömagida «Özbekneftgaz» va «Özkimyosanoat» AJda xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarşi kuraşiş komplayens nazorat tizimini joriy qiliş işlari töliq yakunlandi. Boşqa vazirlik va davlat idoralarida ham bu jarayon faol davom ettirilmoqda.
Uşbu harakatlar samarasi ölaroq, Özbekistonning xalqaro maydondagi huquq ustuvorligi va korrupsiyaga qarşi kuraşiş indeksi hamda körsatkiçlaridagi örni yildan yilga yaxşilanib bormoqda. Xususan, World Justice Project taşkilotining huquq ustuvorligi indeksidagi korrupsiyaning mavjud emasligi körsatkiçida mamlakatimiz 2021 yilda 70-örinni band etib, 2016 yilga nisbatan 26 poğonaga yuqoriladi.
Yoki birgina huquq ustuvorligi indeksida Özbekiston 139 ta davlat orasida 85-örinni qayd etib, 2020 yilga nisbatan 14 poğonaga kötarildi.
Şu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro reyting va indikatorlardagi örnini yaxşilaş borasida oldimizda bir qator vazifalar turibdi. Jumladan, “Meros” (Heritage Foundation) jamğarmasi tomonidan yuritiladigan iqtisodiy erkinlik indeksining sud faoliyati samaradorligi indikatorida yaxşiroq körsatkiçlarga erişiş maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlaşga qaratilgan taşkiliy-huquqiy çoralarni faollaştiriş talab etiladi», dedi Niğmatulla Yöldoşev.











