O‘zbekistonda 270ta neft va gaz konlari ochilgan - rasmiy

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 5ta neftgazli (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona) va 4ta neft va gazga istiqbolli (Xorazm, O‘rta-Sirdaryo, Markaziy-Qizilqum va Zarafshon) mintaqalari ajratilgan hamda ularda 270ta neft va gaz konlari ochilgan.
15 mart kuni tashkil etilgan «Yangi konlarni ochish orqali uglevodorodlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish borasida belgilangan chora-tadbirlar» mavzusidagi matbuot anjumanida shu haqda ma'lumot berilgan.
Ta'kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda 11ta neft va gaz konlari ochilib, uglevodorod xom-ashyo zaxiralari o‘sgan.
«Prezident qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2019 yilda 2D va 3D seysmik-qidiruv ishlarini o‘tkazish, 16ta yangi obektni burg‘ilashga tayyorlash, 15ta yangi maydonda burg‘ilash ishlarini boshlash va 85ta izlov-qidiruv quduqlarini qurilishi bilan tugatish rejalashtirilgan», — deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ xabarida.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda «O‘zbekneftgaz» AJ qarashli korxonalar tomondan 154ta konda uglevodorod xom-ashyosi qazib chiqariladi. Oxirgi ikki yilda yangi Besqal'a, Quyi Surg‘il, Uchtepa, Chordarboza Mirkomilquduq, Savatli, Shimoliy Suzma, Jayron, Tegirmon, G‘arbiy Tegirmon va Uzunshor konlari o‘zlashtirilib, ishga qo‘shildi va 148ta yangi quduqlar burg‘ilangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

17:35 / 30.04.2025