O‘zbekiston | 16:17 / 11.11.2024
7290
1 daqiqa o‘qiladi

1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi

Nazoratchi va suv ta’minoti xodimlariga to‘lovni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

1 dekabrdan ichimlik va oqova suv xizmatlari to‘lovlari faqat elektron shaklda qabul qilinadi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, sohada shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsion holatlarga barham berish maqsadida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat elektron shaklda qabul qilish tizimiga o‘tiladi.

Nazoratchi va suv ta’minoti xodimlariga to‘lovni naqd pul ko‘rinishida amalga oshirish to‘xtatiladi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda sohada to‘lovni naqd pul shaklida amalga oshirish bilan bog‘liq bir qancha qonunbuzilish holatlari kuzatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid