Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida haydovçi bilan özaro muloqotda odob-axloq qoidalaridan çetga çiqqan tuman YHXB boşliği va xodimiga çora körildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 8 may kuni Paxtaçi tumani markazida mahalla oralab asosiy köçaga çiqmoqçi bölgan haydovçi özi kutmagan holda tuman IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayevning «qahriga uçragan». Haydovçi asosiy köçaga çiqiş uçun maşinalar oqimi ötib ketişini kutib turganida uning yölini IIB xizmat maşinasi tösib töxtagan. Haydovçi «yöl ber» qabilida signal çalgan.

Şundan söng özini Paxtaçi tuman IIB YHXB boşliği Maqsud Toğayev deb taniştirgan şaxs kelib, haydovçidan hujjatlarini taqdim etişni söragan. Haydovçi sababini söraganda, u odob-axloq normalaridan çetga çiqib, avvaliga, «hujjatlarni yeyman», deb javob bergan. Keyin esa «kattakon»larga signal çalib bölmasligini aytib, maşinani jarima maydoniga joylaştirgan. Hodisa haydovçining maşinasiga örnatilgan videokuzatuv kamerasiga yozib olingan.

Mazkur hodisa haqidagi xabarlar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgaç, Samarqand viloyati IIB hodisa böyiça Paxtaçi tumani IIB boşliği va jarayonda iştirok etgan YHXB xodimlariga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanganini ma'lum qilgan edi.

Qayd etilişiça, xizmat tekşiruviga köra, fuqarolar bilan muloqot jarayonida, xuşmuomala, kamtar va bosiq bölmasdan, nosamimiylik bildirib, Içki işlar vazirining «Muomala madaniyati» va «Odob-axloq qoidalari» töğrisidagi buyruği hamda Intizom Ustavi talablarini buzganligi uçun Paxtaçi tuman IIB YHXB boşliği M.Toğayevga «Hayfsan» intizomiy jazosi berilgan.

Şuningdek, haydovçining maşinasini jarima maydonçasiga olib borişda unga odob-axloq doirasidan çiqib muomala qilgan, YPX inspektori safdor F.Haitovga «Tanbeh» intizomiy jazosi berilgan. Bundan taşqari, Paxtaçi tumani IIB boşliği mayor S.Ortiqovning xatti-harakatlari viloyat IIBda taşkil etilgan katta ofitserlar tarkibidagi «Intizomiy kengaş»da körib çiqilişi belgilangan.