KXDRning ma'lum qilişiça, biologik qurol zaxiralariga ega emas hamda tegişli izlanişlarni olib borayotgani yöq. Şu tariqa mamlakat AQŞning milliy xavfsizlik böyiça yangi Strategiyasida tilga olingan ma'lumotlarni rad etdi. KXDR TIV huzuridagi Amerika tadqiqotlari instituti matbuot xizmati direktorining tegişli bayonoti Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan çorşanba kuni tarqatildi.
"KXDR özining doimiy pozitsiyasiga sodiq, biologik qurolni işlab çiqiş, çiqariş, zaxiralarini töplaş va unga egalik qilişga qarşidir", - deyiladi bayonotda. Bundan taşqari, KXDRning iddao etişiça, AQŞ OAV va rasmiy şaxslari atayin yolğon ma'lumotlarni tarqatmoqda.
"Bu bizning davlatni xalqaro darajada yakkalatib qöyiş, şu tariqa KXDRga sanksiyalar va bosimni oqlaşga bölgan navbatdagi uriniş. Şuningdek bu Koreya yarim orolida yadro uruşini keltirib çiqariş va uni oqlaş böyiça xatti-harakatning bir körinişi", - deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In otasining qabriga borgani va u yerda va'da bergani xabar qilingandi.












