KXDR yetakçisi Kim Çen In Kimsusan memorial majmuasiga taşrif buyurdi, bu yerda uning otasi Kim Çen Ir dafn etilgan. Koreya Markaziy telegraf agentligining duşanba kuni xabar berişiça, u hisob böyiça ikkinçi davlat rahbarini yodga olgan. 17 dekabr kuni Kim Çen Irning hayotdan köz yumganiga olti yil töldi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Kim Çen In majmuaga yakşanba kuni taşrif buyurib, özining otasi haykali poyiga gullarga töla savat qöygan. U taşrif çoğida KXDRni “siyosatda erkin, iqtisodiyotda mustaqil va mudofaada öz kuçiga işonadigan” davlatga aylantiriş uçun “yanada qat'iy kuraş olib borişga” va'da bergan.
KXDR yetakçisi har yili öz otasi vafot etgan kunda Kimsusan memorial majmuasiga taşrif buyuradi. Kim Çen Ir esa 1994-2011 yillarda Şimoliy Koreya rahbari bölgan.












