Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi
Amalda prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimi tugatildi.

Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Abduqodir Toshqulov 2010 yildan Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, 2017 yil sentabrida Termiz davlat universitetiga rektorlikka o‘tgan, 2018 yilda senatorga aylangan.
2021 yil yanvaridan esa oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qila boshlagandi. 2022 yil dekabridagi ma’muriy islohotlar doirasida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar vaqtida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga o‘tkazilgandi.
Odil Abdurahmonov oktyabr oyi oxirida oliy ta’lim vaziri bo‘lishi xabar qilindi.
Oxirgi oylarda u rahbar bo‘lib turgan Ijtimoiy rivojlanish departamentida 30 oktyabr kuni ikki o‘rinbosar ish boshladi - Asilbek Xudoyorov va Gayane Umerova.
Bundan oldinroq Laziz To‘ychiyev ham prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

17:36 / 07.02.2025
Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi shtat birliklari qisqarayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi

21:45 / 30.09.2024
“Siz boshlagan loyihalar kelajakda, albatta, o‘z mevasini beradi” - Saida Mirziyoyeva

21:34 / 21.06.2024
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi tashkil etiladi

16:34 / 01.11.2023