U markazga kelib kompyuterda Abdulloh Inağamovning darslarini körib, IT sohasini örgangan.

«Asrorxon Umarovning YouTube’dagi Exterior loyihasidan körib 1 haftada intererlik işini qilib körganman. Işim öxşaganidan keyin model yasab profil oçganmiz. Model yasab saytga joylaganmiz. Modelim sotilganidan keyin işga qiziqişim ortgan.

3 oy böldi özimga profil oçdim. Hozirgaça 8 ming rubl tuşdi. Meni körişib bir-ikki örtoqlarim ham markazga kelişdi. Döstlarimga örgatdim. YouTube’dan ular ham örganişdi. Boşida işni intererdan boşlaganman. Keyin esa model yasab körganman. Işlarim sotilganidan keyin Exterior’ga qiziqib qolib Exterior işini ham qilganman.

Hozirda gilam, stol-stul modellarini yasayapman. Photoshop, Marvelous programmalarini örganyapman. Marvelous dasturida çoyşablar, yumşoq materiallar çiqarsa böladi. Photoshop’da rasmlar bilan işlaşga qiziqaman», – deydi yoş dizayner Nurillo Egamberdiyev.

Nurillo Egamberdiyevning 3V Max yönalişi böyiça amalga oşirayotgan loyihalari markaz rahbariyati tomonidan ham e'tirof etildi.

«IT parkimiz 2020 yil iyun oyida taşkil topgan. Texnopark hozirda 20ga yaqin yönalişlarda ta'lim berib frilanserlik faoliyatidan professional dasturçi darajasiga çiqişga yönaltirilgan. Respublikamizda kuzatilayotgan quvonçli narsa bu IT sohasi yoşarib borayotganidir. Namuna sifatida Nurillo Egamberdiyevni olişimiz mumkin. Yoş bölişiga qaramasdan sohani mukammal egallaşga intilyapti, hamda bu borada ozgina özining daromadini qilişga erişib kelmoqda», — deydi IT park Farğona filiali direktori Bahromjon Jalilov.

Raqamli texnologiyalar markazida turli yönalişda öquvçilar tahsil oladi. Nurillo Egamberdiyev 3D Max yönalişini tanlagan. Nurilloning 3D Max yönalişi böyiça intererlik, mebel dizayni işlari xalqaro platformalarda sotilyapti.