Farğonalik Şavkatjon Ne’matjonov 9 yoşida çet tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatini qölga kiritdi. U ilk urinişidayoq uşbu natijani qayd etgan.

Şavkatjon Ne’matjonov Uçköprik tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 3-sinfida tahsil oladi. U 2025 yil dekabr oyida çet tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatini oliş uçun imtihon topşirgan va buni uddalagan.

Şavkatjon ota-onasining tönğiç farzandi. Otasi Şuhrat Jumaboyev Rişton tumanida gaz saqlaş inşootida operator vazifasida işlaydi. Onasi Nargiza Jumaboyeva esa Uçköprik tumanidagi 45-umumta’lim maktabida fizika fani öqituvçisi.

“Özida qiziqişi bor edi. Prezident maktabiga öqişga kiraman deb harakat qila boşladi. Kelajakdagi orzulari katta, Harvardda öqişni niyat qilmoqda”, deydi Şavkatjonning otasi Şuhrat Jumaboyev.

Şuningdek, yoş jihatdan çet tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatini qölga kiritişda samarqandlik Ibrohimjon Pölatov ham yuqori natija qayd etdi. Kattaqörğon şahridagi 3-umumta’lim maktabining 4-sinf öquvçisi bölgan Ibrohimjon bu natijani birinçi urinişda qölga kiritgan.

Avvalroq Navoiyda 5-sinf öquvçisi B2 sertifikatini qölga kiritgandi.