Ma'lum bölişiça, aktrisa koronavirusga çalinib şifoxonada davolanayotgandi.

«Dilbar opa COVID-19 infeksiyasini yuqtirib, komaga tuşib qolgandilar. Dastlab Zangiotadagi maxsus şifoxonada davolandilar, ahvollari oğirlaşgaç «Akfa Medlayn» klinikasiga köçirilgandi.

U kişining salomatliklari uçun oilasi teatr va «Özbekkino» MA jamoasi – hamma harakat qildi, lekin bölmadi. 73 yoşda edilar, ularni Alloh rahmatiga olsin», deydi suhbatdoş.

Madaniyat vazirligi ham aktrisaning oila-a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.

Dilbar Ikromova 1947 yilning 17 iyulida Toşkent viloyatining Bekobod tumanida tuğilgan. U 1970 yilda Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutining (hozirgi M.Uyğur nomidagi San'at instituti) «Teatr va kino aktyori» fakultetini tugatgan.

Aktrisa «Kelinlar qözğoloni», «Çimildiq», «Dev bilan pakana», «Devona», «Afğon», «Oyqiz ertagi» kabi filmlardagi rollari bilan muxlislar qalbidan joy egallagandi.

Dilbar Ikramova, şuningdek, mohir dublyaj aktyori sifatida ham öziga xos ovoz sohibi edi.

Dilbar Ikromova 2001 yilda «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlangandi.

Kun.uz marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.