Britaniya hukumatining Rossiyaga qarşi bu galgi sanksiyalari Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Putinaga ham qaratilgan. Şuningdek, Putin bilan yaqin aloqada bölgani aytilgan yana 10 kişi qirollik sanksiyalariga uçragan. Wall Street Journal'ning yozişiça, AQŞda ham Kabayevaga qarşi sanksiya qöllaş rejasi bölgan, ammo Oq uy Putinning «jiğiga tegmaslik uçun» bu sanksiyadan tiyilgan.

Aynan WSJ Alina Kabayeva Putindan uç nafar farzand körgani haqida yozgan. Kabayevaning Putin bilan munosabatlari haqida bir neça yildan buyon gapirişadi, ammo u ilk marta sanksiyaga uçradi.

Kabayeva 2014 yildan buyon rasman «Milliy media guruh» direktorlar kengaşi raisi hisoblanadi. Bir neça maşhur telekanallar egasi bölgan bu taşkilot «Birinçi kanal»ning ham hissadori. Britaniya hukumati Alina Kabayeva Putin bilan yaqin munosabatda, deb hisoblaydi. WSJ naşri esa Putin va Kabayevaning birgalikda kamida uç nafar farzandi borligi haqida yozgandi.

Foto: GETTY IMAGES

Ammo Kabayeva sanksiyaga uçraganiga töğridan töğri Putinning xotini ekani sabab qilib körsatilmagan, rasmiy sabab diplomatçasiga silliqlangan: Kabayeva rasman «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganini oqlaşda faol qatnaşgani uçun» sanksiyaga uçragan. Hujjatga köra Kabayeva «Milliy media guruh» orqali Ukraina mustaqilligiga tahdid solayotgan siyosatni olqişlab keladi.

WSJ'ning yozişiça, AQŞ ham boşida Kabayevaga qarşi sanksiya qöllaş variantini körib çiqqan, ammo «Putinning jiğiga tegmaslik uçun» bu band oxirgi daqiqalarda sanksiyalardan olib taşlangan. Yevropa ittifoqida ham Kabayevaga qarşi sanksiya haqida gapirişgan, ammo neft embargosi borasida kelişmovçilik sabab ittifoq hali sanksiyalarning oltinçi paketini joriy qilgani yöq.

Britaniya TIV ma’lumotiga köra, Alina Kabayevaning buvisi ölaroq sanksiyalar röyxatiga kiritilgan Anna Zatsepilinaga Putinning dösti bölmiş Gennediy Timçenko tomonidan Moskva şahrida qimmatbaho kvartira sovğa qilingan. Şuningdek, Putinga yaqin bölgan milliarderlardan biri Kabayevaning buvisiga Moskva yaqinida qimmatbaho hovli sovğa qilgani aytiladi. 45 sotix hovli maydonining özi 102 million rublga baholangan.

Putinning sobiq va rasman yagona rafiqasi Lyudmila Putina ham sanksiyaga uçragan. U hozirgi eri şarafiga familiyasini Oçeretnaya deb özgartirgan. 2013 yil Putin bilan ajraşgan sobiq birinçi xonim keyinçalik Artur Oçeretnoyga turmuşga çiqqan. Britaniya hukumati ma’lumotiga köra, Lyudmila Oçeretnaya Putin bilan ajraşganidan keyin hukumat tuzilmalari bilan hamkorlik ortidan pul işlagan. Sanksiyalar e’lon qilingan hujjatda sobiq birinçi xonimga «Ukrainadagi holatni izdan çiqargan odamga aloqasi bor» deya ta’rif berilgan.