Qöqon davlat pedagogika instituti yotoqxonasida yaşovçi talaba qizlar xonasiga institut mas’ullari yaşirin kamera örnatib ketişganini bilib qolib, Kun.uz’ga murojaat qilişgan edi. Ular holat haqida prorektor va rektorga aytişganida, özlari aybdorga çiqib qolişlariga oz qolgan. Holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari orasida qattiq muhokamalarga sabab bölgaç, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi va QDPI özining rasmiy munosabatini e’lon qildi.
Vazirlik bergan bayonotda aytilişiça, 4 aprel kuni Qöqon davlat pedagogika instituti talaba qizlaridan biri Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muloqot botiga qizlar yaşaydigan xonalaridan biriga kuzatiş kamerasi yaşirinça örnatilgani haqida ma’lumot bergan.
Mas’ullar şikoyat qilgan qiz bilan suhbatlaşgaç, vazirlikning Farğona hududiy boşqarmasi xodimlari QDPIga borib, vaziyatni örgangan. Natijada haqiqatan ham qizlarning xonasiga videokamera örnatilgani aniqlangan.
OTFIV voqea yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazilişi va aybdorlarga nisbatan tegişli çoralar körilişini ma’lum qilgan.
QDPI bergan bayonotda rektorning buyruği asosida talabalarning psixologik muammolari bilan işlaş uçun maxsus xona taşkil qilinayotgani va şu munosabat bilan kamera örnatilgani ma’lum qilingan.
Şuningdek, maxsus xona talabalarning ruhiy holatlarini barqarorlaştiriş, öqiş jarayonidagi stress holatlarning oldini oliş uçun taşkil qilinayotgani aytilgan. QDPI nega talaba qizlar öz xonasida qöyilgan kameradan xabardor emasligini esa quyidagi vaj bilan izohlagan:
“Haftaning şanba-yakşanba kunlari talabalar öz uyiga ketişlarini hisobga olib, xonani şanba kuni jihozlaş boşlangan. Lekin bu holat haqida talabalar öz vaqtida ogohlantirilmagan. Natijada bu anglaşilmovçilik yuz bergan. Uşbu holat böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda”.
Institut bayonoti jamoatçilik orasida işonçsizlikni keltirib çiqardi va qator savollarni paydo qilmoqda.
Telegramʼdagi Masofaviy ta’lim kanali QDPI rektorining munosabati işonçsiz çiqqani haqida yozgan

















