Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati ancha yuqoriligi, bu yerda 600 dan ziyod madaniy meros va turizm obektlari borligi qayd etildi.
Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi. Bu haqda 17 noyabr kuni viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda viloyatning turizm salohiyati ancha yuqori ekani, bu yerda 600 dan ziyod madaniy meros va turizm obektlari borligi qayd etildi. Samarqand—Kitob —Denov—Oltinsoy —Termiz marshruti bo‘ylab «Naqshbandiya pirlari» turizm halqasi ochiladi.
Viloyatda 2,5 ming o‘ringa ega 53 tagina mehmonxona bor, ularning yarmi Termiz shahrida joylashgan. Kelgusi yilda viloyatga sayyohlar oqimini 3 barobar oshirish reja qilinayotgani bois, Surxondaryo tadbirkorlariga mehmonxona qurishga «yulduzi»dan qat’iy nazar subsidiya berilishi belgilandi.
Yil yakuniga qadar Sariosiyo aeroportida fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tiklash, kelgusi yildan Sariosiyodan Samarqand va Toshkentga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish, Termizdan Istanbul, Farg‘ona, Buxoro va Xorazmga reyslarni ko‘paytirish topshirildi.
Shuningdek, Termiz—Toshkent yo‘nalishida turistik vagon, Sariosiyo —Toshkent yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
11:36 / 21.12.2025
Qumqo‘rg‘ondan xushxabar: Nogironligi bor shaxslarga «sovg‘a» deb kreditga o‘tkazilgan uylarning qarzdorligini homiy tashkilot to‘liq yopdi
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
11:52 / 16.12.2025