«Avto rental» nomi ostida faoliyat yuritgan korxona qulay şartlarda, heç qanday foizlarsiz, 40 oy davomida bölib tölaş şarti bilan yengil avtomobillar yetkazib berişni taklif qilib, 700 ga yaqin fuqarolarning işonçiga kirgan va umumiy hisobda qariyb 3 milliard söm mablağlarni özlaştirib olgan.  

Korxona özini tarğibot işlarida avtomobillarni foizsiz va oyma-oy bölib tölaş yöli bilan taqdim etayotgan Özbekistondagi yagona kompaniya deb e'tirof etgan. Narxi 100 mln sömgaça bölgan transport vositalari uçun 4 mln söm, 100 milliondan ortiq bölgan transport vositalari uçun 5 mln söm va 200 milliondan ortiq bölgan transport vositalari uçun 12 mln sömdan pul olib, avtomobillarni 3 oydan 7 oygaça bölgan vaqt mobaynida yetkazib berişi aytilgan. Firma özining qisqa vaqt davomidagi faoliyatida yuzlab odamlarni aldaşga va özgalarning milliardlab mablağlarini özlaştirişga ulgurgan.

Firmaning jinoiy faoliyati huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan foş etilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti «Avto rental» MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işining dastlabki tergoviga oid tafsilotlarni ma'lum qildi.

«Jinoyat işi yuzasidan hozirga kelib jami 3 kişiga ayblov e'lon qilingan. Jamiyat fuqarolar bilan 695 ta şartnoma imzolagan, ammo şartnoma şunday rasmiylaştirilganki, unda aynan qaysi turdagi transport vositasi yetkazib beriş ham körsatilmagan. Jamiyat fuqarolardan olgan pul mablağlarining umumiy qiymati 2,8 milliard söm bölib, şundan faqat 1,9 milliard sömini bank hisob raqamiga kirim qilgan, qolgan pul naqd şaklda qabul qilinib, korxona mutasaddilarining şaxsiy manfaatlari yölida sarflangan.

Öz navbatida, bank hisob raqamiga kirim qilingan 1,9 mlrd söm pul mablağlari ham şartnoma şartiga köra fuqarolarga transport vositasi olib berişga sarflanmasdan, özlarining ta'sisçiligida bölgan, ammo boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisob raqamlariga turli xil maqsadlarda çiqarib yuborilgan. Korxona 695 nafar fuqaro bilan şartnoma tuzgan bölsa-da, heç qaysi birining oldidagi majburiyatni bajarmagan. Barça pul mablağlari jamiyat rahbarlari va mansabdor şaxslari tomonidan özlaştirib olingan. Şu sababli, jamiyat rahbari va ta'sisçisiga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan va yana bir ta'sisçiga nisbatan qidiruv e'lon qilinib, qamoq ehtiyot çorasi tanlangan», - deydi Tergov departamenti katta tergovçisi Farhod Ergaşev.