Samarqandda yana ikkita oliy ta'lim muassasasi karantinga yopilgan va öquv jarayoni masofaviy şaklga ötkazilgan. Bu haqda har ikkala OTMning axborot xizmatlari xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, mamlakatimizda koronavirus bilan kasallaniş holati ortib borayotgani, institut talabalari orasida ham COVID-19 yuqtiriş holatlari aniqlangani sababli Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 2021 yil 21 apreldan 14 kunga karantinga yopilgan. Öquv jarayonlari masofaviy (onlayn) şaklga ötkazilgan.

Xabarda yozilişiça, har ikkala institutda epidemiologik vaziyat barqarorlaşgaç, an'anaviy öquv jarayoniga qaytiladi va bu borada qöşimça xabar beriladi.

Ma'lumot uçun, avvalroq TATU Samarqand filiali, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, şuningdek, Samarqand şahridagi 30dan oşiq maktab 14 kunga karantinga yopilgan. Ularda öquv jarayoni masofaviy şaklga ötkazilgan.