Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon Internet tarmoğida axborot xavfsizligini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 5 sentyabrdagi 707-son qaroriga qöşimçalar kiritildi.

Kun.uz'ga ma'lum bölişiça, hukumatning 23 dekabrdagi 807-sonli qarori bilan veb-sayt, veb-sayt va (yoki) messenjer sahifasi egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş tartibi tasdiqlangan.

Unga köra, tartibning amal qilişi Özbekiston Respublikasi hududida foydalaniş imkoni mavjud bölgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.

Tartibga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça markazi (keyingi örinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan axborot resurslarida Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotlar aniqlanganda Markaz tomonidan 24 soatdan keçiktirmasdan axborot resurslari egasi, şuningdek, blogerga Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotlarni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnoma Markazning rasmiy axborot resurslari (elektron poçta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron şaklda yuboriladi. Unda Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot joylaştirilgan axborot resursining nomi, axborot joylaştirilgan sana körsatiladi; taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi. Şuningdek, qöşimça ravişda uşbu axborotni tarqatiş uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik töğrisida ma'lumotlar keltirilişi mumkin.

Axborot resursi egasi (bloger) xabarnomani olgan vaqtdan boşlab 24 soatdan keçiktirmasdan Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotni olib taşlaşi, şuningdek, bu töğrisida Markazni uning rasmiy axborot resurslari orqali elektron şaklda yoki qoğoz şaklida xabardor qilişi lozim.

Agar Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot uşbu tartibning 6-bandida körsatilgan muddatda axborot resursi egasi tomonidan olib taşlanmasa, u holda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan uşbu axborotni olib taşlaş böyiça Özbekiston Respublikasi qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot joylaştirilgan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer ma'muriga yoki da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilinişi mumkin.