Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samara oblastida to‘plangan o‘zbekistonliklar uchun lager-observator tashkillashtirildi
Rossiyaning Samara oblastida O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralarning ochilishini kutayotgan o‘zbekistonliklar orasida koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida ular uchun lager-observator tashkillashtirildi.
Foto: tvsamara.ru
Bu haqda oblast ma'muriyati xabarida ma'lum qilindi.
“Oblast ma'muriyati ushbu fuqarolarning o‘zini izolyatsiyalashi masalasini hal qilish va koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida voqea joyida lager-observator tashkillashtirishiga to‘g‘ri keldi”, deyilgan xabarda.
Oblast ma'muriyatida ta'kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari chegaralar ochilgani haqidagi noto‘g‘ri ma'lumotlarga tayanib chegaraoldi hududiga kelganlar.
Chegarada to‘plangan o‘zbekistonliklar Qozog‘iston orqali o‘tish uchun yo‘lak tashkillashtirilishini iltimos qilishmoqda. Ayni vaqtda bu masala bo‘yicha biror qaror qabul qilinmagan. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasidagi mavjud vaziyat to‘g‘risida ma'lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan.
Avvalroq O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning turli mintaqalaridan avtotransport vositalarida chegaraga kelishayotgani va O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratilishini talab qilishayotgani ma'lum qilingandi. Biroq Rossiya ichki ishlar vazirligi xodimlari ularni karantin kiritilgan Orenburg oblasti Pervomaysk rayoniga qo‘yishmayapti va ular Samara oblastining Bolshechernigovka rayonida qolishmoqda.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
19:31 / 25.12.2025
Moskvaga hozircha migrantlar kerak – mer Sobyanin
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
16:02 / 25.12.2025