Xalqaro konferensiya munosabati bilan 15-16 iyul kunlari Tashkent city atrofidagi ko‘chalar yopiladi
15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim ko‘chalar yopiladi.
Xususan, tadbirni o‘tkazish jarayonida 15 va 16 iyul kunlari Tashkent city majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalari harakatlanishi uchun yopiladi:
- Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
- Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Bundan tashqari, ushbu ko‘chalarga tutash yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin. Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi joriy haftaning eng muhim tadbirida 600dan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Tadbirga Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon tashrif buyuradi. Shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:10 / 17.10.2024
Islom olamining zabardast ulamolari Toshkentda jamlandi - fotoreportaj
10:29 / 04.09.2024
Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni terrorizmga qarshi kurashning asosi deb hisoblaymiz – Shavkat Mirziyoyev
15:02 / 10.11.2022
Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘tkazadigan xalqaro konferensiyaga 19,1 mlrd so‘m sarflanmoqda
16:42 / 13.07.2021