Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti oliy ta'lim muassasalarida özbek tili va adabiyotini öqitiş metodikasini takomillaştiriş, özbek tili va adabiyoti öqituvçilarining malakasini oşiriş, ilmiy tadqiqotlar olib boriş, davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş hamda atamaşunoslik böyiça tayanç oliy ta'lim muassasasi etib belgilandi.

Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va xöjalik birlaşmalari xodimlari hamda respublikada doimiy istiqomat qilayotgan boşqa tillarda sözlaşuvçi aholi, şu jumladan xorijiy fuqarolar uçun Universitet huzurida yuridik şaxs maqomiga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat universitetlari hamda pedagogika institutlari huzurida hududiy bölinmalariga ega bölgan Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi taşkil etildi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

özbek adabiy tili me'yorlari va davlat tilida iş yuritiş böyiça doimiy faoliyat körsatadigan öquv va malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş;

davlat xizmatçilarining özbek adabiy tili me'yorlari, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi va imlosi, davlat tilida iş yuritiş asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yoziş böyiça nazariy hamda amaliy bilimlari, könikma va mahoratini uzluksiz oşirib boriş mexanizmlarini joriy etiş;

aholining yozma va oğzaki savodxonligini oşiriş, özbek adabiy tili me'yorlari, özbek tilining tuzilişi böyiça amaliy bilimlari, könikma va mahoratini tizimli asosda oşirib boriş böyiça ta'sirçan çoralar köriş;

davlat xizmatçilari va aholining nutq madaniyati hamda notiqlik mahoratini oşiriş;

sohalar kesimida davlat tilida iş yuritiş böyiça ommabop qöllanmalar yaratiş;

öquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş;

sohaga oid öquv va malaka oşiriş kurslarining, şu jumladan masofaviy öqitişning öquv rejalari va dasturlarini tizimli ravişda takomillaştirib boriş.

Belgilanişiça:

Markaz va uning hududiy bölinmalari xodimlari mehnatiga haq tölaşda oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hududiy markazlari uçun tatbiq etiladigan mehnatga haq tölaş miqdorlari va şartlari qöllaniladi;