«Ashxobod sayilgohi» aholi uchun 30 aprel kuni ochiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrining Yashnobod tumani hududida barpo etilgan «Ashxobod sayilgohi» aholi uchun 30 aprel kunidan xizmat ko‘rsata boshlaydi. Bu haqda sayilgoh ma'muriyati «Kun.uz»ga ma'lum qilgan.
Uning alohida ta'kidlashicha, 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan marosim sayilgoh mijozlar uchun ochilganini anglatmaydi - sayilgohga faqat 30 aprel va undan keyingi kunlarda tashrif buyurish so‘raladi.
Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida ushbu sayilgohning ochilish marosimi o‘tkazilgandi. Shundan so‘ng, 24 aprel kuni shahar aholisi vakillari boqqa kelmoqda, ammo ular darvozadan qaytib ketishga majbur bo‘lishmoqda.
«Ashxobod sayilgohi»da qurilish ishlari aprel oyi boshida yakunlangandi. Ushbu sayilgohning umumiy maydoni 12 gektarni tashkil etadi. Bu yerda bitta 1180 metr kvadratni tashkil etuvchi usti yopiq inshoot ichida 26ta hamda 31 ochiq tipdagi o‘yin attraksionlari, nuroniylar maskani, muzqaymoq va salqin ichimliklar shoxobchalari qurilgan. Sayilgohga kiraverishda katta favvora barpo etilgan. Bog‘da xushmanzara daraxtlar, zamonaviy o‘rindiqlar va boshqa qulayliklar mavjud.



Zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i kiraverishda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan Axaltaka otlari haykallari o‘rnatilgan. Bu yerda qarag‘ay, qrim qarag‘ayi, hind sireni, eman, kashtan, magnoliya, arizona kiparisi, salviya, moviy archalar ekilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

19:57 / 14.04.2025
Toshkentning Yashnobod tumanida okeanarium quriladi

23:25 / 26.02.2025
Toshkentda yuk mashinasi gaz quvuriga urilishi oqibatida ayrim iste’molchilar gaz ta’minotidan uzildi

02:01 / 24.02.2025
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:12 / 21.02.2025