Jizzax neftni qayta işlaş zavodi qurilişi töxtatildi, deb ma'lumot bermoqda «Neftegazinvest» direktori örinbosari Husniddin Törayev.

«Hozirda quriliş işlari vaqtinça töxtatilgan», — deb bayonot bergan u.

Törayevning aytişiça, zavod qurilişini qayta boşlaş Buxoro va Farğonadagi neftni qayta işlovçi zavodlarida modernizatsiya işlari yakunlanişi bilan boğliq. U loyiha konsepsiyasida özgarişlar bölganiga izoh berib ötgan.

«Buxoro va Farğonadagi neftni qayta işlaş zavodlarini modernizatsiya qiliş böyiça qaror qabul qilingan. Zavodlar faoliyatini takomillaştiriş böyiça konsepsiya 2013-14 yillardayoq işlab çiqilgandi. Ayni paytda işni amalga oşiruvçi lisenziatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Biz modernizatsiya hisobidan Yevro-5 standarti böyiça mahsulot işlab çiqariş hajmini oşirişni közlayapmiz. Bundan keyin Jizzax NQZga oid masalalar hal qilinadi», — deydi u.

2,2 milliard dollarga baholangan Jizzax neftni qayta işlaş zavodi 2021 yilda işga tuşgaç, yiliga 3,7 million tonnadan ziyod motor yonilğisi, 700 ming tonnadan ziyod aviakerosin, 300 ming tonna boşqa mahsulotlar işlab çiqarişi aytilgandi. Zavodni «Gazprom»ning şu'basi — Enter Engineering qurişi közda tutilgan edi.

2017 yil aprelida Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida bölib ötgan Jizzax neftni qayta işlaş zavodi qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida «bu yangi zavod, heç şubhasiz, nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob sanoat obektlaridan biriga aylanişi» ta'kidlangan edi. 

Avvalroq Jizzax viloyatida amalga oşirilişi rejalaştirilgan yana bir loyiha — Peugeot-Citroen avtozavodi qurilişi ham töxtab qolgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu avtozavod 2019 yil yanvaridan mikroavtobus va yengil tijoriy avto işlab çiqarişni boşlaşi kerak edi.