Jizzaxda avtomobil zavodi qurilişi nega töxtab qoldi? Vaqtida bitmagan navbatdagi loyiha va «Özavtosanoat»ning mavhum izohi
|21:30 / 22.12.201896 63810 min
Özbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari işlab çiqarilişi yölga qöyilişi haqidagi ilk xabar 2017 yil mayida paydo bölgandi. Öşa yilning 16 may kuni «Özavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning «Peugeot Citroen Automobiles S.A» kompaniyasi bilan mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklida, ustav jamğarmasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» qöşma korxonasini taşkil etiş töğrisida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.
Köp ötmasdan, 2017 yilning 13 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziëyev «Xorijiy investitsiyalar iştirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini taşkil etiş töğrisida»gi qarorini imzoladi.
Qarorda «Jizzax» erkin industrial zona hududida yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqariş obektlarini quriş uçun «Özavtosanoat»ga 45 gektar yer maydoni ajratiş¸ loyiha iştirokçilari bölgan, zavodni qurişga tendersiz tanlangan «Avtosanoat-Injiniring» MÇJ, «Özoğirsanoatloyiha» AJ, «12-trest» MÇJ hamda «Özavtosanoat»ga qator soliq (quriliş davrida işlar hajmi va xizmatlar böyiça qöşimça qiymat soliğidan ozod etiş) va bojxona imtiëzlari taqdim etilgandi.
Umumiy qiymati 133,3 mln yevroga teng deb e’lon qilingan «Özbekistonda yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş» investitsiya loyihasi böyiça 2017 yilning iyulida Şarof Raşidov tumanidagi «Jizzax» erkin iqtisodiy hududida zavod qurilişi boşlandi (Dastlab quriliş işlarini 2019 yilning boşida yakunlaş rejalaştirilgandi, keyinroq prezident topşiriğiga köra quriliş işlarining oxirgi muddati sifatida 2018 yilning 10 dekabri belgilandi).
Loyiha böyiça, qöşma korxonada yiliga 16 ming dona yölovçilar va yuklarni taşişga möljallangan yengil tijorat avtomobillari (13 ming dona Peugeot Expert va 3 ming dona Peugeot Boxer yengil tijoriy avtomobillari) işlab çiqariş közda tutilgandi.
Lekin zavod 2018 yil oxirigaça qurib bitkazilmaydigan, unda 2019 yilning boşidan avtomobillar işlab çiqarilişi boşlanmaydigan böldi.
Bu vaqtda esa xorij naşrlarida fransuz tomoni uşbu loyiha kelajagiga şubha bildirib, uni töxtatişni istayotgani, mablağ masalasida muammolar yuzaga kelgani tufayli işlar töxtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri 10 dekabrdan keyin zavod hududida böldi va vaziyatni örgandi. Belgilangan muddatga kelib zavod hududida belgilangan iş hajmining 50 foizi ham bajarilmagandi. Ma’lum bölişiça, hududda quriliş işlari şu yilning noyabr oyidayoq töxtab qolgan. Işlar yaqin vaqtlarda yana boşlanişidan ham darak yöq.
Ayni vaqtda quriliş-montaj işlari töxtagan, 500 nafardan ziyod işçi va quruvçilar bilan iş boşlangan korxona hovlisida 30 nafarga yaqin işçi qolgan.
«Zavodda iş töxtab qolgani yöq. Işçilar kamligi rost. Sababi bizda bundan taşqari yana boşqa obektlar ham bor, şu bois barça işçilarni Toşkentdagi turli quriliş işlariga jalb qilganmiz. U yerda quriliş obektlari öta muhim bölgani bois barça işçilar ketişgan. Bu yerda ham iş ketyapti, yangi yildan keyin kelsangiz, savollaringizga töliq javob topasiz», demoqda u.
Zavod texnik nazoratçisi Şavkat Abdukarimovning javobi esa vaziyatga biroz oydinlik kiritdi: «... iş töxtadimi, bilingki mablağ yöq. Işçilarning köpi oylik maoşini ololmagani uçun iş örinlarini tark etib ketişdi. Töğri, qaror böyiça zavod yanvar oyidan yengil avtomobillarni işlab çiqarişni boşlaşi kerak edi. Yaşirişning hojati yöq, körib turganingizdek, bu yerda hali-beri iş boşlanmasa kerak. Zavod may oyiga borib işga tuşsa ham katta gap. Uni buni qöying, men sizga aytsam, uşbu avtomobil zavodi loyihasi oxirigaça yetkazilmagan. Aytgança, quriliş işlari töxtab qolişiga yana bir sabab bor. Gap şundaki, qarorda belgilanganidek yengil avtomaşinalarni işlab çiqaruvçi barça texnologiyalar eng yangi rusumda bölişi şart qilib belgilangan. Ammo bu zavodga keltirilayotgan texnologiyalar ança eski rusumdaligi ma’lum bölib qoldi. Gapiraman desa, gap köp. Yuqorida aytganimdek, barça masala mablağga borib taqaladi. Şu yerga işlatilgan köpgina quriliş materillari ham qarzga keltirilgan. Niyatni yaxşi qilamiz albatta. Yaxşi niyat- yarim mol. Kattalar 2019 yil yanvar oyidan yana quriliş işlari boşlanadi, deyişyapti. Boşlansa ajab emas...».
Katta şov-şuvlar va umidlar bilan boşlangan loyiha vaqtida amalga oşmadi. Prezident topşiriği öz vaqtida bajarilmadi.
19 dekabr kuni «Özavtosanoat» zavod qurilişi töxtab qolgani yuzasidan rasman izoh berdi va Jizzaxda avtozavod quriş loyihasi konsepsiyasi özgartirilişi ma’lum qilindi.
Kompaniya xabarida «hozirda obektda quriliş-montaj işlari yakuniga yetayotgani» aytilgan. Holbuki, yuqorida Kun.uz muxbiri quriliş-montaj işlari töxtagani haqida ma’lumot bergandi.
«Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilişi böyiça tegişli kontraktlar tuzilgan. Şu bilan birga, boşlanğiç ma’lumotlardagi ba’zi közda tutilmagan özgarişlar munosabati bilan, şeriklar loyiha konsepsiyasini özgartiriş va iqtisodiy parametrlarni optimallaştiriş ustida hamkorlikda işlamoqda. Loyihaning kelgusi borişi haqida qöşimça ravişda ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.
Öz navbatida qöşma korxonaning ikkinçi tomoni - PSA Groupe korporatsiyasi matbuot xizmati ham Özbekistondagi loyiha taqdiri böyiça savolga javob bergan va bu loyiha saqlanib qolinayotgani, bu borada işlar davom etayotganini ma’lum qilgan.
Bungaça OAVda «fransuzlar kiritilajak investitsiya qaytişiga şubha bilan qaray boşlaşgani, Peugeot brendi bilan zavod oçiş uçun kafolat puli söralayotgani, kafolat masalasi hal qilinmasa, bu reja yöqqa çiqişi» haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etiş joizki, bu Özbekistondagi belgilangan muddatda tayyor bölmaydigan yagona yirik loyiha emas.
Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi
Avvaliga Toşkent viloyati, Böstonliq tumanidagi (Çimyon) «Amirsoy» nomli zamonaviy toğ-çanği kurortining birinçi navbati va’da qilinganidek, 15 dekabr kuni foydalanişga topşirilmadi. Turizmni rivojlantiriş qömitasi bu keçikiş böyiça izoh berib, «yuzaga kelgan murakkabliklar» sababli örindiqli dor yöli ham (kanat), kabinali dor yöli ham foydalanişga topşirişning imkoni bölmagani, örindiqli dor yölini 2019 yil yanvaridan avval işga tuşirib bölmasligini, kabinalisini işga tuşiriş uçun 2019 yil oxirigaça kutiş kerakligini tuşuntirişdi.
«Qayd etiş muhimki, kurortning işga tuşişi ob-havo şaroitlariga bevosita boğliq. Çanği uçiş uçun esa yetarli miqdorda qor qoplami zarur», deya qöşimça qilingan Turizm qömitasi xabarida.
Foto: ÖzA
Toşkentdagi «Humo Arena» muz saroyi ham belgilangan muddatda foydalanişga topşirilmaydigan böldi. Bu loyiha ham keçikkani rasman tan olinmadi, lekin Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati 2019 yilning martigaça şaharning Beşyoğoç köçasi böylab harakatlaniş çeklanişi haqida bergan xabaridan buni anglab oliş qiyin emasdi.
Foto: ÖzA
Qolaversa, 2017 yil aprelida tamal toşi qöyilgan Jizzaxdagi neftni qayta işlaş majmuasi qurilişi ham keçikişi ma’lum bölib ulgurgan, 2022 yilda foydalanişga topşirilişi belgilangan loyiha böyiça olib borilayotgan işlar bir yilga töxtatilgan (qiymati 2,2 milliard dollar bölgan loyiha yiliga 5 million tonna neft xomaşyosini qayta işlaş imkonini berişi közda tutilgandi).
Kutiş kerak bölgan navbatdagi muddatlar ham aniq emas. Bunday holatlar yagona emasligi taşvişlanarli. Hali yana qança loyiha belgilangan muddatda bitmasligi yoki çala qolişi noma’lum.
Yana Jizzaxdagi zavod loyihasiga qaytamiz. «Özavtosanoat» izohi nega bu qadar mavhum? Izohda nega «12-trest»ning işsiz qolgan işçilari taqdiri haqida bitta ham söz yöq. Nega zavod texnik nazoratçisi aytganidek, mablağ tugab qolgani haqida lom-mim deyilmagan? Izohda nega zavod quriliş işlari qaçon tiklanişi haqida ma’lumot mavjud emas?
Fransuzlar bilan munosabatlar böyiça ham yana bir qator savollar oçiq qolmoqda. Hamkorlar rostdan ham kafolat söramoqdami? Zavodga rostdan ham eski texnologiyalarni olib kirişga uriniş böldimi? Yoki «Özavtosanoat» bunday ma’lumotlardan bexabarmidi?