Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHQ: “Chapga burilish taqiqlanadi” belgisida qayrilib olsa bo‘ladimi?
Kun.uz'ning yo‘l harakati qoidalariga oid videodarslarining navbatdagisida mutaxassis Nosirjon Zokirov yo‘l belgilariga oid ko‘plab haydovchilarni ikkilantiradigan ayrim masalalarga aniqlik kiritib o‘tadi.
Shunday holatlardan biri “Harakatlanish to‘g‘riga va o‘ngga” belgisi bilan bog‘liq.

Bu belgi birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi. Ko‘rib chiqilayotgan holatda, bitta chorraha, ikkita qatnov qismlarining kesishmasi bor. Bunday holatda haydovchi to‘satdan qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketmasligi yoxud qayrilib olmasligi uchun 4.1.4 belgisi o‘rnatiladi.


Demak, burilayotgan yoki kesib o‘tilayotgan yo‘lda kamida 2ta qatnov qismi bo‘lsa, bu belgi birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi.
Bundan tashqari, “Chapga burilish taqiqlangan” yo‘l belgisi ham shunday chorrahada birinchi qatnov qismiga ta'sir qiladi, ikkinchisiga emas. Qolaversa, u qayrilib olishni taqiqlamaydi.

Mavzuga oid
22:22 / 26.02.2026
Adliya vazirligi noqonuniy poygalar uchun javobgarlik joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi
17:57 / 14.01.2026
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
20:31 / 02.11.2025
Endi ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun dastlab ogohlantirish beriladi
21:31 / 16.09.2025