13 fevral kuni Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farğona şahridagi «Döstlik» hamda «Gulzor» mahallalarida aholi yaşaş şaroitlarini örgandi. Hokim hududda köp qavatli turar joylar orasida yaşil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani, bolalar va sport maydonçalari buzilgani va örniga yangi binolar qurilişi boşlanganini tanqid qilgan.

«Hududda yaşovçi aholi viloyat hokimi bilan muloqot çoğida yangi qurilayotgan binolar sababli mahallada aholi yaşaşi uçun noqulayliklar tuğdirayotganini, bolalar uçun oçiq havoda öynaşga, kattalar va keksalar uçun sayr qilişga imkoniyat qolmaganini bildirişdi.

Viloyat hokimi, birgalikda örganiş olib borayotgan şahar hokimi va prokuroriga bugundan e'tiboran Farğona şahrida köp qavatli turar joylar örtasida olib borilayotgan barça qurilişlarni töxtatiş hamda bunday qurilişlarga ruxsat beriş bilan boğliq qarorlarni bekor qiliş yuzasidan topşiriq berdi. Poydevor uçun qazilgan kotlovanlar barçasi kömib taşlanadi, qurilişi yakunlaniş bosqiçida bölgan inşootlarning har birining qonuniyligi böyiça şahar prokuraturasi örganiş olib boradi. Barça hududlarda buzib taşlangan bolalar hamda sport maydonçalari qayta tiklanadi, quriliş egalari kesilgan har bir daraxt örniga 100 tupdan manzarali daraxt ekişi ta'minlanadi. Töxtatilgan qurilişlar örniga tadbirkorlarga bino quriş uçun boşqa joydan yer maydoni taklif etiladi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Xayrullo Bozorov hududdagi atrof-muhit tozaligiga e'tiborsizlikka, çiqindilarning soçilib yotganiga, turar joylar atrofida obodonlaştiriş işlari umuman yölga qöyilmaganiga, binolarga birikkan holda vaqtinçalik qöşimça inşootlar qurib taşlanganiga alohida tanqidiy e'tibor qaratgan.

«Farğona turar joy massivlarida fayz bölişi şart», degan viloyat hokimi.

Şahar mahallalarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş böyiça alohida manzilli dastur işlab çiqiş yuzasidan şahar hokimi Mirzohid Ubaydullayevga topşiriq berilgan.