UzAuto Motors har bir Malibu-2'ning ustiga 10 ming dollar “mindirib” pullayaptimi?
Malibu-2 avtomobili O‘zbekistonga GM Korea Company'dan import qilinayotgani oydinlashdi. O‘zbekiston va Janubiy Koreyada bu avtomobil narxlari o‘rtasidagi tafovut, logistika xarajatini chiqarib tashlaganda, taxminan 9-10 ming dollarni tashkil qilmoqda.

Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors joriy yil boshida Korea Company bilan Chevrolet Malibu import qilish bo‘yicha qariyb 63,5 mln dollarlik shartnoma imzolagan. Bu haqda davletovuz Telegram-kanali xabar bermoqda.
“Bu pulga Koreyada nechta “Maluba” olingan-u, O‘zbekistonda qanchaga pullangani qiziq. Olibsotarlikdan qancha daromad ko‘rdi ekan?” – deya yozgan bloger.
Kun.uz'ning e’tibor qaratishicha, GM Korea kompaniyasi Janubiy Koreyaning o‘zida Chevrolet Malibu avtomobilini taklif qilinayotgan qulayliklaridan kelib chiqib 28 mln 950 ming vondan 33 mln 230 ming vongacha (hozirgi kurs bo‘yicha 20 300 dollardan 23 300 dollargacha) bo‘lgan narxlarda sotmoqda.
Taqqoslash uchun, Koreyadan import qilinuvchi Chevrolet Malibu'ni O‘zbekistonda 394 mln 900 ming so‘mdan 405 mln 900 ming so‘mgacha (35 600 dollardan 36 580 dollargacha) bo‘lgan bahoda xarid qilish mumkin.
Kun.uz “O‘zavtosanoat” AJ matbuot xizmatiga Koreyadan avtomobil import qilishda logistika xarajatlari qanchaga tushishi va bitta konteynerda nechta mashina olib kelinishi yuzasidan murojaat qildi, biroq ma’lumot ololmadi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bugungi kunda Janubiy Koreyadan 3ta mashina ortilgan bitta konteynerning o‘rtacha logistika narxi 12,5 ming dollarni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, olib kelish xarajatlarini qo‘shib hisoblanganda ham, Chevrolet Malibu har bir avtomobilni Koreyadagi narxlariga nisbatan taxminan 9-10 ming dollar qimmatroq sotayotgan bo‘lishi mumkin.
Boz ustiga, ulgurji xarid qilingani sabab arzonroq narxda sotib olinayotgan bo‘lishi ehtimolini ham inkor etib bo‘lmaydi.
Import ustiga qurilgan avtomobilsozlik
Davletovuz e’lon qilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, UzAuto Motors GM Korea kompaniyasi bilan mashina va butlovchi qismlar importi bo‘yicha 700 mln dollarlik va 446 mln dollarlik, GM Brasil kompaniyasi bilan esa 30 mln dollarlik, Joyson Safety Systems Hungary Kft kompaniyasi bilan xavfsizlik yostiqchalari xarid qilish uchun 76,6 mln yevrolik shartnomalar tuzgan.
Shuningdek, Shandong Linglong Tyre Co. LTD bilan Damas va Lacetti uchun shinalar import qilish maqsadida 23,5 mln dollarlik bitim tuzgan.
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish boshlanganiga (1996 yil) 27 yilga yaqinlashdi. Bu davr mobaynida milliy ishlab chiqaruvchiga behisob darajada ko‘p imtiyozlar berildi, yengilliklar yaratib berildi. Bu jarayon ayni paytda ham turli ko‘rinishlarda davom etyapti. Ammo tashqi bozorlarga qaramlik hamon saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining so‘nggi 20 yildagi tahlili ham shuni ko‘rsatmoqdaki, umumiy import tarkibida mashinalar va mashinasozlik uskunalari ulushi barqaror ravishda 35-40 foizga yaqin darajada saqlanib qolgan. Ammo umumiy eksport tarkibida bu ko‘rsatkich ulushi 2-3 foizdan oshmaydi.
2020 yilda umumiy importning 37,6 foizini, 2021 yilda esa 32,4 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etgan. Mos ravishda, mazkur yillarda umumiy eksport tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalarining ulushi atigi 2,9 va 4,2 foiz bo‘lgan.
Mashinasozlik mahsulotlari importi oshib borishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti texnik va texnologik qayta jihozlanmayapti. Natijada mahsulot o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, tannarxi evaziga yanada qimmatlashib bormoqda.
Bundan tashqari, butlovchi qismlar borasida tashqi bozorlarga qaram UzAuto Motors global ta’minot zanjiri va logistika bilan bog‘liq muammolar fonida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning ortidan avtomobillarga talab taklifdan keskin yuqoriligi sababli navbatlar uzayishda davom etyapti. 12 oktabr holatiga, yarim puli oldindan to‘lab qo‘yilgan buyurtmalar soni 96 mingtaga yetgan.
Tavsiya etamiz
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon taqvimini e’lon qildi
O‘zbekiston | 21:31 / 27.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 15:23
-
Oq uydagi dahanaki jang, Ramazonda Al-Aqsoga qo‘yilmayotgan falastinliklar va AQShda statusi kuchayayotgan ingliz tili - kun dayjesti
Jahon | 14:47
-
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar qanday qo‘llanadi?
O‘zbekiston | 14:43
-
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
O‘zbekiston | 14:40
Mavzuga oid

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

00:22 / 09.02.2025
Qisilgan elektromobil bozori, yer ajratish va qurilishda yangi tartiblar - hafta dayjesti

13:29 / 08.02.2025
“Utilizatsiya qarori ortidan O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lolmaydi” – ekspertlar bilan suhbat

17:57 / 06.02.2025