Özbekiston iqtisodiy forumi doirasida energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Ahmadxöjayevga atom elektr stansiyasini quriş yaşil iqtisodiyotga ötiş maqsadlarini keçiktirmaydimi, degan ma’noda savol berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ahmadxöjayevning sözlariga köra, Energetika vazirligi mavjud barça imkoniyatlardan foydalaniş zarur deb hisoblaydi.
“Biz uning oqibatlari qay darajada bölişini bilişimiz kerak. Atom energiyasining iqtisodiyotimizga ta’sirini örganişni boşladik. Biz atom energiyasiga oid rejalarimizdan voz keçmaymiz. Munozarali masalalarga töxtalmoqçi emasman, bu mamlakatimizda yaratilayotgan energiyaning yangi turi va umuman yangi usul, biz barça energiya imkoniyatlaridan foydalamoqçimiz.
Şu bilan birga, biz ötişni xohlayotgan yaşil iqtisodiyot uçun xalqaro standartlarga ega bölişni xohlaymiz. Biz hamkorlarimiz bilan qayta tiklanadigan energiya böyiça köp işlarni boşladik, yangi quvvatlarga ega böliş bilan bir qatorda yana köplab işlar qilinişi kerak”, – dedi Azim Ahmadxöjayev.
Eslatib ötamiz, 2017 yil dekabrda Rossiya va Özbekiston huqumatlari atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş böyiça kelişuv imzolagan. Özbekistonda quriladigan birinçi AESning qiymati 2018 yilda taxminan 11 mlrd dollarga baholangan edi.
Stansiya umumiy quvvati 2,4 gigavatt bölgan ikkita energoblokdan iborat bölişi, u Jizzax viloyatida qurilişi reja qilingan. “Özatom” va “Rosatom” AES quriliş maydonida injyenerlik işlarini bajariş böyiça şartnoma imzolagan.
“Rosatom” 2020 yil boşidayoq Özbekistonda AES qurişni boşlab, birinçi blokni 2028 yilda işga tuşirmoqçi edi. Bu boradagi yakuniy şartnoma hali imzolanmagan. 2020 yil oxirida Rossiya tomoni şartnoma loyihasi deyarli tayyorligi, “faqat texnik jihatlar” qolganini bildirgan, Özbekiston tomoni esa şartnoma tayyorligini rad etib, muzokaralarda milliy manfaatlar himoya qilinayotganini ma’lum qilgandi









