Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatining ikki tumanida yangi prokurorlar ish boshladi
Buxoro viloyatining Olot va Shofirkon tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya kichik maslahatchisi Sardor Iskandarovich Sharipov Olot tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sardor Sharipov tayinlovga qadar Buxoro viloyati Qorako‘l tumani prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Shuningdek, adliya maslahatchisi Abbos Ilyosovich Eshmurodov Buxoro viloyatining Shofirkon tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Eshmurodov tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlayotgandi.
Abbos Eshmurodov tayinlovga qadar, Buxoro viloyati prokurorining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, u Olot tuman prokurori hamda Jizzax viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shofirkon tumanining oldingi prokurori Jasur Tangriyev 2021 yil 13 aprelida prezident videoselektorida yoshlar bilan ishlashdagi kamchiliklar uchun lavozimidan olingan edi. Prezident o‘sha yig‘ilishda ishdan olingan rahbarlar bundan keyin davlat ishlarida ishlay olmasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:37 / 10.01.2026
Soxta akkaunt bilan pul undirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
18:59 / 17.12.2025
Abdug‘ani Sanginov “O‘zbekneftgaz” raisi etib tayinlandi
08:47 / 10.12.2025