«Yadro qurolini qöllaşning bevosita tahdidi»

Nyu-Yorkda Demokratik partiya a’zolari tomonidan taşkil etilgan mablağ yiğiş tadbiri vaqtida çiqiş qilgan Bayden rossiyaliklar prezidenti Putinni yaxşi bilişi va u «taktik yadro qurollari, biologik yoki kimyoviy qurollardan foydalaniş ehtimoli haqida gapirganda hazillaşmasligi»ni aytdi.

«Biz Kennedi va Kuba raketa inqirozidan beri «armageddon» istiqboli bilan töqnaşmagandik», - degan Bayden va Putin tomonidan real tahdid yuzaga kelgani, çunki «uning qurolli kuçlari, aytiş mumkinki, ortda qolayotgani»ni qöşimça qilgan.

«Kubadagi raketa inqirozidan keyin birinçi marta, agar hammasi şu yönalişda rivojlanişda davom etsa, bizda yadroviy qurol bilan bevosita tahdid bor», — deya AQŞ prezidentidan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.

Amerika prezidenti taktik yadro qurolini osonlik bilan işlatiş va heç qanday oqibatga duç kelmaslik ehtimoli deyarli yöq ekanini ta’kidlagan.

Uning ta’kidlaşiça, Vaşington diplomatik yeçimni qidirmoqda. «Biz Putin uçun qanday çiqiş yöli borligini tuşunişga harakat qilmoqdamiz. U nafaqat obrösini yöqotmaslik, balki Rossiyada sezilarli qudratini yöqotmaslik uçun şunday holatga tuşişi mumkin», — dedi Oq uy rahbari.

Rossiya armiyasi yadro arsenalini ğarbning yuqori texnologiyali qurollariga qarşi turişi mumkin bölgan asosiy jihat sifatida köradi. 

Uni qöllaşning eng muhim omili duşmanga psixologik ta’sir körsatiş, ya’ni ehtimoliy tajovuz töxtatilgunga va «Rossiyani qoniqtiradigan şartlarda» tinçlik sulhi tuzilgunga qadar eskalatsiya darajasini oşirişga tayyorligini namoyiş etiş hisoblanadi. 

1962 yilgi Karib inqirozi - AQŞ va SSSR örtasida yuzaga kelgan siyosiy, diplomatik va harbiy qarama-qarşilikning nomi. Bunga sovetlar Kubaga yadro quroli joylaştirgani sabab bölgan. Öşanda tomonlar yadro qurolini qöllaşiga bir baxya qolgandi.  Vaziyat sovetlar ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy komiteti birinçi kotibi Nikita Xruşçev va AQŞning öşa vaqtdagi prezidenti Jon Kennedi örtasidagi suhbat orqali hal qilingan.

Bugun 70 yoşga tölgan Putin Rossiya hududiy yaxlitligini saqlaş uçun «barça mavjud vositalarni işga solişga tayyorligi» haqida aytgan. U bu haqda 21 sentabr kuni, mamlakatda safarbarlik e’lon qiliş çoğida aytgan, şu bilan birga, «yadro quroli» jumlasini işlatmagan. «Bu blef emas», deya qayd etgandi u kameraga yuzlanib.