14 aprel kuni Kun.uz'da Majburiy ijro byurosining Toşkent viloyati Angren şahar bölimi boşliği Mohizoda Yusupovaga tegişli ekani aytilayotgan audio e'lon qilingandi. MIB mansabdori ovozli xabarida kunlik rejani bajarmagan xodimlarini kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilib, mehnat qonunçiligiga zid ravişda yarim tunda majlisga borişi kerakligini aytib, ularga tahdid qiladi.
Majburiy ijro byurosi holat böyiça ötkazilgan xizmat tekşiruvi natijasini Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«7 aprel kuni M.Yusupovaga Telegram orqali yönalişdagi asosiy undiruvlarning biri bölgan «Ayollar daftari», «Temir daftar» va «Yoşlar daftari» böyiça undiruvlar kamaygani haqida qöl ostidagi xodimlar ma'lumot berişadi.
M.Yusupova uşbu yönalişdagi undiruvlar har bir xodimlarga örtaça 10 tagaça taqsimlangani, biroq ayrim xodimlar bu yönalişdagi mas'uliyatsizlik bilan qaraşi, salbiy ta'sir etişini öylab, jahli çiqib, uşbu Telegram orqali haqoratli sözlar bilan audio yozuv yuborgan.
Hozirda M.Yusupova uşbu işdan qattiq afsusda va har qanday intizomiy jazo uçun özini aybli deb bilmoqda», – dedi Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toşpölatov.
Rasmiy bayonotda M.Yusupova byuro organlarida 2017 yildan buyon, egallab turgan lavozimida esa 2018 yildan faoliyat körsatib kelayotgani, bunga qadar esa Sud departamenti tizimida 20 yil davomida turli lavozimlarga faoliyat körsatgani, «qattiqqöl, mas'uliyatli va talabçan xodim» sifatida tavsiflanişi urğulanadi.
Ta'kidlanişiça, olib borilgan xizmat tekşiruvi natijasiga köra, 16 aprel kuni M.Yusupovaning «Kasb odobnomasi» talablarini buzib, nomunosib xatti-harakat sodir etgani sababli unga «hayfsan» intizomiy çorasi qöllanilgan.
Bundan taşqari, MIB Angren tuman bölimida xizmat qilayotgan 7 nafar xodimning işga bölgan mas'uliyati va javobgarligini oşiriş, mehnat va ijro intizomiga qat'iy rioya etiş borişi böyiça profilaktik suhbat ötkazilgan.
«Hozirda bu kabi noxuş holatlarning oldini oliş böyiça Byuro tizimidagi xodimlar örtasida xizmat mavqeyini suiiste'mol qiliş va nojöya xatti-harakat qilişining oldini oliş, rahbar xodimlarning qöl ostidagi xodimlarga har tomonlama ijobiy va xuşmuomalali munosabatda bölişi, mehnat va ijro intizomiga rioya etilişi böyiça tegişli çoralar belgilandi. Kelgusida ham bu kabi çora -tadbirlar yana ham kuçaytiriladi»,











