AQŞ Ukraina bilan birga ekanini körsatmoqçi

Uruş boşlangandan buyon Ğarb Ukrainani taşlab qöygani haqida köp gapirildi. Ammo Ğarbning yordamisiz Ukraina Rossiyaga qarşilik qilişi qiyin bölardi. Amerika rus tanklari sonidan ham köp Javelin (tank hujumiga qarşi raketa) yetkazib berişini aytdi, allaqaçon bir milliard dollarlik qurol yubordi, Yevropa Ittifoqi ham yordamni töxtatgani yöq. Millionlab ukrainlar aynan Ğarbning moliyaviy kömagi bilan jon saqlamoqda.

Amerika bu qöllab-quvvatlaş frontining old qatorida turibdi. Jo Bayden bundan keyin ham şunday bölişini körsatiş uçun uruş maydoni yaqinigaça bordi. Amerika armiyasining 82-havo desantçi kuçlari diviziyasi Polşada Ukraina çegarasidan 60 km uzoqlikda joylaşgan. Bayden çegaragaça borişni istagani, ammo qöriqlaş xizmati bu taxmin qiliş qiyin bölgan xatarlar keltirib çiqarişi mumkin bölgani uçun rozilik bildirmaganini aytdi.

Ammo fakt şuki, AQŞ prezidenti NATOning eng şarqiy qanotiga – Ukrainadagi uruşning ğarbiy fronti yaqinigaça bordi. Qöşimçasiga Rossiya prezidenti manziliga avval heç kim tilga olmagan gaplarni aytdi, Putin hukumatda qolmasligi kerakligini ta’kidladi. Bayden Varşavada Oq uy tarixiy deb ta’riflagan nutqini sözlayotgan bir vaqtda çegaradagi Lvov şahriga uçta raketa kelib tuşdi. Rossiya mudofaa vazirligi ham buni tasdiqladi.

Harbiylar bilan pitssa

Bayden amerikalik desantçilar bilan uçraşuvda oç qolgani va tamaddi qilib olişni istaşini aytdi. Unga harbiy oşxonadan pitssa olib kelişdi. Bayden uni harbiylar bilan bölişib yedi va bahonada Iroqda öğlini harbiylar içidan topa olmagani haqida aytib, askarlarni kuldirdi: «Iroqdagi askarlar bilan uçraşuvda qarasam, öğlim körinmaydi. Jin ursin, öğlim qayerda, deb söradim. Keyin topilib qoldi. Bilsam, beyjigiga boşqa ism yozib olgan ekan, şunga topişga qiynalişgan. Nega bunday qilding desam, «Dada, axir Bayden familiyasini eşitganlar nimadir bölyapti deb öylaşi mumkin», degandi. Şunday ekan, qaysingizdir ismingizni özgartirsangiz, bir oğiz aytib qöying», deb hazil qildi Bayden. Prezident amerikalik askarlarni dunyoda eng zör deb atadi.

Uning öğli Bo Iroqdagi uruşda qatnaşgan. 8 yil davomida Delaver ştatida boş prokuror bölib işlagan Bo Bayden 2015 yil 46 yoşida saratondan vafot etgandi.

«Nabiralaringiz qanday hayotda yaşaşi hal bölyapti»

Bayden Polşadagi amerikalik harbiylar bilan suhbatlaşar ekan, ayni damda dunyo nafaqat Ukraina tinçligi uçun, balki butun dunyodagi tinçlik uçun birlaşişi kerakligini ta’kidladi. «Hozir bolalaringiz, nabiralaringiz qanday dunyoda yaşaşi hal bölmoqda», dedi u.