AQŞ prezidenti Jo Bayden Vladimir Putin haqida nima deb öylaşi haqidagi savolga javoban şunday dedi: «U qassob». Bu haqda Bayden Varşavada ukrainaliklar bilan uçraşuvidan keyin jurnalistlar bilan ötkazilgan suhbatda aytib ötdi.
Keyinroq amerikaliklar prezidenti matbuot anjumani ötkazdi, unda Ukrainaga qarşi uruş Rossiya uçun «strategik muvaffaqiyatsizlik»ka aylanganini aytib ötdi. Baydenning sözlariga köra, bu uruş Rossiyani XIX asrga uloqtirib yuborgan.
Putin haqida gapirar ekan, Bayden bu odam hokimiyatda qolişi mumkin emas»ligini aytdi. AQŞ prezidenti rossiyaliklarga ham murojaat qildi va «Rossiya xalqi bizga duşman emas» deb aytdi. Baydenning sözlariga köra, u rossiyaliklar «begunoh bolalar öldirilişi, Ukrainadagi maktablar hamda şifoxonalarning bombardimon qilinişini ma’qullaşiga işonmaydi.
Allaqaçon ölib bölgan imperiyani tiriltirmoqçi bölgan diktator heç qaçon bunga erişa olmaydi. Erkin insonlar buni heç qaçon qöllaşmaydi. Erkin insonlar zulmat hukmron bölgan dunyoda yaşaşdan voz keçişadi. Biz yoruğlikka, demokratiyaga, imkoniyatlar erkinligiga intilmoqdamiz. Xudo bizning himoyaçilarimiz va bizning erkinligimizni yorlaqasin!
Biz yana ozodlik uçun buyuk kuraşga, demokratiya va avtokratiya örtasida böladigan kuraşga kirişdik. Va şuni özimiz uçun bilişimiz kerakki, bu kuraşda yaqin kunlar yoki oylar içida ğalaba qilib bölmaydi. Biz uzoq davom etuvçi kuraşga hozirlik körişimiz kerak. Ukraina va uning xalqi bu kuraşning oldingi safida. Ularning qahramona qarşiligi — barça erkin insonlarni birlaştiruvçi asosiy demokratik prinsiplar uçun kuraşning bir qismidir. Men Ukraina xalqiga murojaat qilaman: biz sizlar bilanmiz.
Rossiya öz uyida demokratiyani böğdi va endi bu işni boşqa davlatlarda qilmoqçi. Putin Ukrainani «denatsifikatsiya» qilmoqçiligini aytadi. Bu yolğon. Bu tsinizm va uning özi ham buni biladi. Bu şunçaki uyatli holat. Prezident Zelenskiy demokratik saylovlarda saylangan. U kelib çiqişiga köra yahudiylarga mansub, uning otasining oilasi Xolokost vaqtida halok bölgan. Putin esa, xuddi boşqa avtokratlar kabi kuç unga huquq beradi deb öylaydi. Yöq, aslida huquq kuç beradi.
Bu jinoyatçi NATOning kengayişini Rossiyani beqarorlaştirişga qaratilgan imperiyaça loyiha sifatida körsatişga harakat qilmoqda. Bu haqiqatdan yiroq. NATO — mudofaa alyansi va heç qaçon Rossiyaga zarar keltirişga urinmagan. Putin qonun ustuvorligiga asoslangan va Ikkinçi jahon uruşidan keyin örnatilgan jahon tartibiga bevosita qarşi çiqdi. U Yevropaga ön yillab davom etadigan uruşni qaytariş bilan tahdid qilmoqda. Biz bunga yöl qöya olmaymiz. Toki u NATO hududiga bir dyuym ham bostirib kirişga jur’at etmasin.














