Prezident videoselektor davomida siyosiy partiyalarning aholi bilan muloqoti, tarğibot-taşviqot işlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini ham yetarli deb bölmasligini qayd etib ötdi.
«Heç kimga sir emas, bu boradagi işlar köpinça yuzaki, xöjakörsinga bölib, hayotdan ança uzilib qolgan. Aholini, partiya elektoratini taşvişga solayotgan dolzarb muammolarning amaliy yeçimini topişga qaratilgan işlar, afsuski, nihoyatda kam», degan prezident.
Davlat rahbari misol sifatida, ÖzLiDePning Xorazm viloyati kengaşiga kelib tuşgan 1 ming 250dan ortiq ariza va şikoyatlarning atigi 84tasi bevosita viloyat kengaşi tomonidan körib çiqilgan bölib, qolgan 1 ming 200ga yaqin murojaat esa Prezidentning Virtual qabulxonasiga yuborilganini keltirgan.
«Ana şu murojaatlarni tahlil qiladigan bölsak, ularning köpçilik qismi tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini buziş, bank, soliq organlarining qoniqarsiz faoliyati bilan boğliq ekani ayon böladi.
Savol tuğiladi: tadbirkorlar va işbilarmonlar partiyasi deb tanilgan ÖzLiDeP nima uçun bu masalalardan özini çetga olmoqda?», deydi prezident.
Mavjud törtta partiya gazetalarining saviyasi, «Özbekiston ovozi» gazetasini istisno qilganda, talabga javob bermaydi. Partiya gazetalarining umumiy soni bugungi kunda 60 mingga ham yetmasligi hayotdagi dolzarb muammolar va ularning yeçimi böyiça aniq takliflar bu naşrlarda öz ifodasini topmayotganidan dalolat beradi.
Xususiy naşrlardan misol keltiraylik. Masalan, biz odatda «köngiloçar naşrlar» deb biladigan «Darakçi», «Tasvir», «Söğdiyona» kabi gazetalar nafaqat yengil-yelpi gaplarni, şu bilan birga, muhim hayotiy masalalarni, aytaylik, kommunal xizmat, bozorlardagi narx-navo, tibbiyot, transport masalasi, tadbirkorlik bilan boğliq muammolarni ham atrofliça yoritayotgani uçun tiraji oşib bormoqda. Nima uçun partiya naşrlari bu masalalarda ular bilan raqobat qila olmayapti?
Siyosiy partiyalar rahbarlarining elektoratni öylantirayotgan muhim masalalar böyiça televideniye orqali aniq-ravşan öz pozitsiyasini bildirganini ham eslay olmaymiz.
Nima, partiya rahbarlari matbuotda çiqişdan qörqadimi? Yoki xalq bilan muloqot qilişning mazmun-mohiyati va ahamiyatini anglab yetmaydilarmi?
Saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, elektorat manfaatlarini himoya qiliş böyiça qanday işlar qilinayotgani haqida siyosiy partiya fraksiyalari rahbarlari har çorakda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye orqali axborot berib borişlarini ta'minlaydigan aniq tizim joriy etiş lozim. Bu borada yangi taşkil etilgan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va Xalqaro press-klub imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarur.












