Toşkent köçalarida joriy yilning 13 may kuni yoğgan yomğir poytaxt markazi-yu, çekka hududlarda ham katta-kiçik kölmaklar hosil qilib, transport vositalarining hamda aholining harakatlanişiga qiyinçiliklar tuğdirdi.

Savol tuğiladi, nima sababdan bunday holat yuzaga keladi, uni bartaraf etib bölmasmikan? Buning sabablari köp. Masalan yomğir-qor suvlarini tortib ketişga möljallangan şaharning drenaj-lotok tizimi joriy holati tabiat injiqliklari oldida ojiz qolmoqda. Buning uçun Toşkent şahar hokimligi şahar aholisi va mehmonlaridan uzr söraydi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati

Foto: UZ24

Qayd etilişiça, Toşkent şahar va tuman hokimliklari rejasiga köra bunyod etiluvçi barça obektlarda kommunikatsiyalar aniq ölçamlarda olinadi, binolarda barça şaroitlar yetarli bölişiga erişilişdan taşqari obodonlaştiriş borasida ham zarur tadbirlar qilinadi. Ana şunda yomğir suvlariga möljallangan quvurlar bölişi va suv töplanib qolişining oldini oliş alohida inobatga olinadi.

Foto: Facebook / Drivers.uz
Foto: UZ24

Boşqa taşkilot va fuqarolar tomonidan amalga oşirilgan bunyodkorliklarda esa aynan şahar rejasiga köra qurilgan yuzlab yomğir suviga möljallangan quvurlar kömib yuborilgani kuzatilgan. “Qoş qöyaman deb, közni çiqardi” degan maqolni aynan şunday holatga nisbatan işlatsak örinli böladi. Negaki, ular göyoki atrofni obod qilgan, lekin şu bilan şahar infratuzilmasiga sezilarli ziyon yetkazgan, deyiladi xabarda.

Foto: Facebook / Drivers.uz

Fuqarolardan kelib tuşayotgan köplab taklif va mulohazalardan kelib çiqib, şahar drenaj-lotok tizimi obektlarining haqiqiy holatini örganiş böyiça Toşkent şahar hokimligi qoşida maxsus işçi guruh tuzilmoqda. Işçi guruh tarkibiga tegişli tuman hokimligi, Obodonlaştiriş boşqarmasi, “Suvsoz” korxonasi va taşabbuskor şaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinib, yuqorida körsatilgan holatlarni kelgusida takrorlanmasligi böyiça aniq takliflar işlab çiqiladi va bajarilişi ta’minlanadi. Takliflarni işlab çiqişda dunyoning yirik megapolis şaharlarida qöllanilgan zamonaviy texnologik yeçimlar örganiladi va qöllanadi.