Video: Biz ulg‘ayish bilan ovoramiz, biroq ularning keksayib borayotganini unutib qo‘yganmiz

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan videorolik ko‘pchilikning e'tiboriga tushdi. Xitoyliklar tomonidan suratga olingan bu videoda Jan Yulian ismli ayol va uning o‘z qiziga bo‘lgan cheksiz muhabbati hikoya qilinadi.
Film real voqeaga asoslangan bo‘lib, undagi holat juda ham ta'sirli aks ettirilgani ko‘pchilikning ko‘nglidan joy oldi.
63 yoshli ayol bir ko‘zi ko‘rmay qolgan bo‘lishiga qaramay, qizining tobi biroz yo‘qligini bilgach, unga mazali taom tayyorlab berish uchun yo‘lga tushadi. Yo‘l davomida u juda katta qiyinchiliklarga duch keladi: ikkita tog‘ orasidan o‘tib, daryo kechib, 28 kilometr masofa piyoda yuradi. To‘rt provinsiyadan o‘tadi, 36 soat davomida avtobusda kezadi. Hattoki, yo‘lda qizining uy manzilini yo‘qotib qo‘yadi. Biroq hech narsaga qaramay, farzandini izlashda davom etadi... Nima uchun? Bularning bari qiziga taom tayyorlab berish uchun edi...
Videoni tomosha qilar ekansiz, ko‘zingizga beixtiyor yosh kelishi yoki hech bo‘lmaganda qalbingiz o‘rtanishi aniq.
Dunyodagi eng mazali narsa - bu onalar pishirgan taom. Uyimizni yorug‘ qilib o‘tirgan ota-onalarimizni ardoqlab, ularga o‘z vaqtida e'tibor beraylik. Axir, bu hayot o‘tkinchi...

Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

21:41 / 19.06.2025
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?

13:43 / 11.02.2025
2024 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onasi yoshi bo‘yicha statistika ochiqlandi

19:04 / 17.12.2024
Farzand tug‘ilganda otaga 5 kunlik ta’til berilishi mumkin

01:17 / 27.11.2024