2018 yil yanvar-dekabr oylarida Qozoğiston tovar işlab çiqaruvçilari 16,1 ming tonna mol göşti, 2,9 ming tonna qöy göşti va 7,6 ming tonna parranda göşti eksport qilişdi. Bu haqda «Interfaks-Kazaxstan» xabar bermoqda.
«Mol göştining taxminan 60 foizi Rossiyaga eksport qilindi, qolgan 40 foizi Özbekistonga tirik qoramol körinişida eksportga jönatildi. Qöy göşti - asosan Yaqin Şarq (Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari), parranda göştining 50 foizi - Rossiya Federatsiyasiga, qolgani - MDH (Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston) va Bojxona ittifoqi mamlakatlariga», - deya qayd etib ötişdi Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligidan.
Ötgan yilning şu davrida mol göşti eksporti 4,4 ming tonna (2017 yil oxiriga kelib 5,5 ming tonna), qöy göşti - 0,6 ming tonna (2017 yil oxirida - 0,9 ming tonna), şuningdek, parranda göşti - 5,2 ming tonnani (2017 yil oxirida - 5,8 ming tonna) taşkil qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çimkentda göşt qimmatlaşgani, uni Özbekistonga olib çiqib ketişayotgani xabar berilgandi.












