UzAuto Motors 2021 yilda bir qança iste’molçilar bilan yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzgandi. Lekin ma’lum muddat ötganidan keyin bu jarayon töxtatildi. Sabab sifatida esa Captiva-5'ning Özbekiston iqlimiga töğri kelmasligi iddao qilindi.

Ba’zi mijozlar UzAuto Motors'ning “çeksiz” uzrini qabul qilişni istamay, qonuniy haq-huquqlarini talab qilib, sudga murojaat qilişgan. Kun.uz muxbiri holat yuzasidan iste’molçilar Öktam Qahhorov va Jamşid Baxşillayev bilan suhbatlaşdi.

Öktam Qahhorov

Öktam Qahhorov: Captiva-5 uçun şartnoma beriş boşlanganidan keyin, 12 oktabr kuni bankdan kredit olib, 85 foiz tölovni amalga oşirdim. Ma’lum muddat ötganidan keyin, UzAuto Motors'ning rasmiy sahifasida şartnoma beriş töxtatilgani e’lon qilindi, ammo tuzilgan şartnomalar taqdiri haqida biror joyda rasmiy ma’lumot berilmadi.

Jamşid Baxşillayev: Ötgan yilning noyabr oyida Captiva-5'ning mijozlarga yetkazib berilmasligi haqida e’lon qilişdi. Bunga sabab sifatida Özbekistonning toğli mamlakat ekani, uşbu avtomobil iqlim şaroitimizga mos kelmagani keltirib ötildi. Keyin avtosalon bilan boğlandim. Ulardan hozir kuz fasli bölsa, qişni qayerda yaratdinglar, deb söradim. Javob bera olişmadi. Umuman, dunyodagi qaysi kompaniya iqlimga moslab avtomobil işlab çiqaradi? Mana, Dubaydan olib kelingan Captiva-5'larni heç qanday muammosiz haydab yurişibdi, dvigatelida ham heç qanday muammosi yöq.

Jamşid Baxşillayev

Avtosalonga şartnoma tuziş uçun borganimda, yangilangan özbek modelidagi Captiva'ning Dubayda sotilayotgan modeldan afzalliklari degan prezentatsiya ham körsatişgandi. Xullas, savollar köp, ammo har doimgiday javob yöq.

***

Eng qiziq jihati şundaki, 2021 yil 17 sentabr kuni, ya’ni Captiva-5 uçun şartnomalar berilişi boşlanişidan 11 kun oldin, “Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” tomonidan 4 dona Saptiva-5 avtomobili uçun muvofiqlik sertifikati berilgan. Ammo 18-22 oktabr kunlari UzAuto Motors'ning içki sinovlaridan şartnoma beriş allaqaçon boşlangan, “Uztest” tomonidan sertifikat ham berilgan Captiva-5 avtomobili şunçaki ötolmay qolgan.