Joriy yilda Toşkent davlat yuridik universitetiga hujjat topşirgan ayrim abituriyentlar 086-U-şakl böyiça soxta tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgan. Bu haqida TDYuU qabul komissiyasi ma'lum qildi.

Aniqlanişiça, TDYuU qabul komissiyasi vakillari hujjatlarni sinçiklab örganib çiqqanda önlab abituriyentlar soxta tibbiy ma'lumotnomalar taqdim etayotgani ma'lum bölgan. Soxta tibbiy ma'lumotnomalar original ma'lumotnomaning skanerlangan va rangli printerdan çop etilgan varianti bölib, har bir abituriyentning rasmi alohida yopiştirilgan edi.

Abituriyentlar bilan bölgan suhbatda, mazkur körinişdagi soxta tibbiy ma'lumotnomalarni 10 ming sömdan 20 ming sömgaça bölgan miqdordagi haq evaziga sotib olişganligini ma'lum qilişgan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi nizom talablariga köra, abituriyent tomonidan topşirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta'lim muassasasidan) çetlaştiriladi hamda hujjatlari örnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi.

Mazkur qoidadan kelib çiqib, uşbu abituriyentlar test sinovlaridan çetlaştirildi va hujjatlar Yunusobod tuman IIBga yuborildi. Hozirda suriştiruv işlari ketmoqda.