«(U) ğaybni biluvçidir. Bas, Öz ğaybidan biror kimsani xabardor qilmas» (Jin surasi, 26).

 Komillik yölida halol mehnat qiliş, hayot maşaqqatlarini sabru qanoat bilan yengib ötiş, ezgu maqsadga erişişda töğri va xolis yölni tanlaş azaldan xalqimiz e'tiqodiga xos insoniylik mezonlaridan hisoblangan.

Ammo bugun şiddat bilan rivojlanayotgan fan-texnika asrida insonlarning nafaqat özidagi bilim va tajriba, iste'dod va imkoniyat yoxud ular uçun yaratilgan moddiy-ma'naviy, texnik va texnologik imkoniyatlardan, balki sehr-jodu, folbinlik, afsungarlik bilan boğliq ğayritabiiy xizmatlardan foydalanişga rağbati tobora oşib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz.

Bu nimadan dalolat beradi?! Bundan anglaş mumkinki, ayrim odamlar öz maqsadlariga (xoh u ezgu, xoh u yovuz niyatlar bölsin) qanday yöl bilan bölmasin, tezroq yetişga intilmoqdalar. Nima uçun? Çunki ezgu maqsadlar yöli – olis va maşaqqatli. Unga yetişiş uçun peşona teri tökiş, maşaqqatlarni sabot bilan yengiş lozim böladi. Ammo ayrim kimsalar, taassufki, bunday yoruğ yölni tanlamayaptilar. Ulardagi tanballik, sabru qanoatsizlik yoki faqatgina özi va öz baxti, omadini öylaşdek xudbinlik illatlari ularni qanday yöl bilan bölmasin maqsad-muddaosiga erişişga undamoqda.

Tabiiyki, ularga odamlar taqdirini aytib beruvçi, ularning mulki va oilasiga ğayritabiiy kuçlardan foydalanib, ta'sir ötkazişni da'vo qiluvçi sehrgar, folbin, kohin va boşqa şaxslar öz xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Hattoki internet tarmoğida ularning oçiqdan-oçiq tarğibot işlarini körişimiz mumkin.

Taşqaridan qaraganda, göyoki «odamlarning işlarini yuriştirib yuborayotgan», «baxtini oçib beradigan», «mansabini kötarib yuboradigan» sehr-jodu egalari bugun köp odamlarning ongu xayolini band qilib olgan.

Aslida ğayb siri, ğayb sirlaridan ogohlik faqatgina Yaratganning ixtiyorida. Bu haqda muqaddas islom dinimizda bot-bot uqtirişlar keltirilgan.

Muammo şundaki, ularning makriga uçgan köplab odamlar bugun öz topgan daromadi, oilasi, farzandlari rizqini qiyib, ularning nasibasini folbinlar hukmiga qöşqöllab topşirmoqdalar va aldanib qolmoqdalar.

Bugun mahallalarda yoki köp qavatli uylarda istiqomat qilayotgan folbinlarning eşigi oldida navbatda turgan kişilarni tez-tez uçratiş mumkin. Bir qaraşda ularning faoliyatini xuddiki tadbirkorlikka ham öxşatib yuborasan beixtiyor. Ammo unday emas, haqiqiy tadbirkor xalqni aldamaydi, unga xolis xizmat körsatadi. Undan odamlar manfaat topadilar.