Jizzaxda hokim va deputat bölişni istovçilar yordam sörab folbinga borgani ma’lum böldi.

Toşkentda folbin qölga olindi. “Közikiş”ni olib taşlaş paytida u 32 mln sömlik taqinçoqlarni qölga kiritgan.

Folbin nayrangiga aldangan buxorolik yigit 3 ming dollaridan ayrildi.

Bular – 90-yillar emas, 2021 yil yangiliklari edi. Ha, folbinlik köpçilik nazdida yolğondan boşqa narsa bölmasa-da, unga işonuvçilar hamon yetarliça topiladi.

Biz uşbu maqolamiz orqali özini har narsaga qodir deb tanituvçi folbin, duoxon va “issiq-sovuq”çilarning faoliyati qançalik safsatabozlikdan iborat ekanini isbotlaşga urindik.

Folbin eşigi tagida – tong sahardan navbat

Avvalo, uzoqqa bormasdan yaqin-atrof – poytaxt va Toşkent viloyatiga köz taşladik. “Folbin yoki “issiq-sovuq”çi kerak” degan sörovimizga javob topiş qiyin bölmadi. Olingan manzil böyiça tonggi soat 6:30da borib, soat 10 ga yaqin qabulga kirdik. Ança vaqtdan beri qatnaydigan “mijoz”larning sözlariga qaraganda, hozir odam sal kamaygan; navbatga turiş uçun odamlar tungi soat 2 dan boşlab kelgan paytlar ham bölgan ekan.

Qabul boşlangaç, hamma yiğilib qoğozga navbat yozildi va kutiş uçun hovliga çiqarildi. Töplangan 15 çoğli ayol-erkak navbatga qarab birin-ketin qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Navbatimiz kelib qabulga kirdik. Firibgar ayolning follari esa quyidagilardan iborat böldi:

— “Yaqinda sizga yaqin inson vafot etgan". (Yolğon ma’lumot. Menimça, qahramonimiz qora kiyim va römolda bölgani sabab folbin şunday öyga bordi.)

— Mart-may oylaridan beri önglanolmayapsiz. Mendan oldin kimga öqitgani bordingiz? (Yolğon)

— Nega ikkita joyda işlamoqçisiz? (tabiiyki, yolğiz oila tebratayotgan insonda ikkita joyda işlaş istagi tuğiladi. Çunki qahramonimiz turmuş örtoği vafot etganini aytgan. Aslida bunday emas.)