Ruanda çempionati doirasidagi öyinlardan birida mehmon jamoa hujumçisi raqib darvozasi oldida afsungarlarga taqlid qilgan holda harakat qildi, biroz vaqt ötib uning özi şu darvozaga gol urdi. Bu holat mamlakat federatsiyasi turnir reglamentiga yangi qoidalar kiritişiga olib keldi.
Aniqlik kiritilişiça, «Kigali» jamoasi hujumçisi Mussa Komara hisob 0:1 bölib turganida mezbonlar darvozasi tomon çopib borgan va darvoza tösini oldida tuşunarsiz amallar bajargan. Uzoqroqda turgan darvozabon buni körib, yetib kelgan va "afsungar"ni haydab solgan. Bir neça daqiqa ötib, Mussa Komara «Mukura Viktor Sport» darvozasini işğol qiladi.
Şundan söng, Ruanda Futbol Federatsiyasi jodugar-futbolçini 100 000 ruanda franki (120 dollar) miqdorida jarimaga tortdi, klubga esa yana şunday holat takrorlansa, texnik mağlubiyat yoziladi.

















