9- va 11-sinfni bitirayotgan öquvçilarga şahodatnomalar qoğoz şaklda emas, elektron şaklda beriladi.
Bunda bitiruvçilar haqidagi ma’lumotlar «Elektron shahodatnoma» axborot tizimiga kiritiladi va uşbu ma’lumotlar ta’lim taşkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi.
Bitiruvçi haqidagi ma’lumotlar ta’lim taşkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan söng shahodatnoma avtomatik tarzda şakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tuşiriladi.
Şahodatnomalar bitiruvçilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvçi «Elektron shahodatnoma» (https://e-shahodatnoma.uz/) platformasiga ID-karta, pasport yoki tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib şahodatnomasini bepul yuklab oladi.
Internet yetib bormagan olis va çekka hududlarda joylaşgan ta’lim taşkilotlariga şahodatnomalar elektron platformadan yuklab olinib, çop etilgan holda taqdim etiladi.
















